Vlaxovich Ispaniyaga ko'chib o'tadi
20 fev 12:51
Yangiliklar
Vlaxovich Ispaniyaga ko'chib o'tadi
Turinning "Yuventus" jamoasi hujumchisi Dushan Vlaxovich joriy mavsum yakunlangach klubini o'zgartirishni rejalashtirmoqda.
Italiyaning "Tuttosport" nashri malumotlariga ko'ra, 26 yoshli serbiyalik forvard faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi.
Vlaxovichning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi va tomonlar uni uzaytirmaydi. Bu esa futbolchining yangi klubga erkin agent sifatida o'tishi mumkinligini anglatadi, bu esa moliyaviy jihatdan transferni ayniqsa jozibador qiladi.
Manbaning malum qilishicha, Kataloniya klubi hujumchi bilan shartnoma imzolash uchun kurashda peshqadam bo'lib turibdi va o'tishni tashkil etish ustida ishni allaqachon boshlagan. "Barselona"da Vlaxovichni shartnomasi iyun oxirida tugaydigan Robert Levandovskiga ehtimoliy o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar