So’nggi yangiliklar

13:46Суарес "Сиэтл" ходимига тупургани учун 6 ўйинга дисквалификация қилинди  3 13:19"Ал Иттиҳод" португалиялик ёш футболчини 30 млн евродан ошиққа харид қилди  1 12:51"Челси" собиқ футболчиси "Гремио"га ўтди  0 12:22Бразилияда ғавғо: "Фламенго" юлдузи пул тикканликда айбланиб дисквалификация қилинди  1 11:54Дональд Трамп Ўзбекистон МТЖга ЖЧда омад ёр бўлишини тилади  5 11:27Кечаги учрашувдан сўнг Жоэль Кожо ўз фикрларини билдириб ўтди  23 10:59ПСЖ бош мураббийи жиддий жароҳат олди  3 10:32Бугун U-23 ва U-17 терма жамоаларимиз ўйнайди  9 10:02"Реал"нинг икки нафар футболчисига Туркиядан таклиф бор  0 09:31Европанинг ТОП клублари қизиққан футболчи фаолиятини Саудия жамоасида давом эттиради  1 09:00"Олтин тўп"га асосий даъвогар футболчи жароҳат олди  3 08:32Яна бир терма жамоа ЖЧ йўлланмасини қўлга киритди  5 08:03Валерий Кичин: "Ҳалол ўйин бўлишини истардим"  45 07:36Ўзбекистон Қирғиз Республикасига ҳеч қандай имконият қолдирмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  4 02:00Месси фаолияти ҳақида: "Бунинг якуни яқинлашиб келмоқда"  5

"Dinamo" futbolchilari "Buxoro"ga qarshi o'yin haqida qanday fikrlar bildirishdi? Yangiliklar

"Dinamo" futbolchilari "Buxoro"ga qarshi o'yin haqida qanday fikrlar bildirishdi?

Superliganing 10-turi doirasidagi "Buxoro" – "Dinamo" (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar vakillari – Xislat Xalilov, Marko Stanoevich, Mirjahon Mirahmadov va Ratino o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Xislat Xalilov:

"Bugun g'alaba qozona olmadik. Muxlislar oldida uzr so'raymiz. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. 

Albatta, takidlaganingizdek, shu paytga qadar mag'lubiyatga uchramagan bo'lsak-da, ko'p durang qayd etdik, bu keyinchalik zararimizga ishlashi mumkin. Lekin qo'limizdan kelgancha harakat qilyapmiz. 

Ha, bugun jamoani mag'lubiyatdan saqlab qoluvchi gol muallifiga aylandim. Gol urish har qanday futbolchiga o'zgacha taassurot baxsh etishi tabiiy hol. Biroq baribir g'alaba goli boshqacha edi. 

Bizning minimum maqsadimiz sovrindorlar safidan o'rin olish hisoblanadi. Hali mavsumning katta qismi oldinda, shu bois qaysi jamoalar chempionlik uchun kurashishini aniq ayta olmayman. Hammasini vaqt ko'rsatadi".

Marko Stanoevich:

"Biz uchun og'ir o'yin bo'ldi. "Buxoro" shunday ahvoldaki, bellashuv qiyin kechishi aniq edi. Uchrashuvni yaxshi boshladik, ammo ikkinchi bo'limda ishlar biz istagan yo'nalishda ketmadi. Yutqazayotgan edik, lekin oxirida vaziyatni o'nglashga ulgurdik.

Ha, hali hech kimga mag'lub bo'lmadik. Hech bir jamoadan ortda qolmayapmiz. Har bir o'yinni avvalgisidan yaxshiroq o'tkazishga harakat qilyapmiz. Ayta oladigan gapim shundan iborat. Keyingi o'yinda bugun yo'l qo'ygan kamchiliklarimizni tuzatishga harakat qilamiz".

Mirjahon Mirahmadov:

"Ikkala jamoa uchun qiyin o'yin bo'ldi. Bugun mag'lubiyatga uchrashimiz ham, g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. 

Ob-havo ham o'zgacha bo'ldi. Birinchi bo'limda issiq iqlim hukm surayotgan bo'lsa, ikkinchi bo'limga qaytatganimizda atrofni chang-to'zon qoplagandi, Surxondaryoga tushib qoldikmi deb o'yladik. 

Muxlislarga ham rahmat aytaman, ular bizni hamisha qo'llab-quvvatlab turishibdi. Biz bundan-da yaxshiroq natijalar qayd etishga harakat qilamiz".

Ratino:

"O'yinda etarlicha imkoniyatlar yarata olmadik, birinchi biz o'z vazifamizni bajardik, lekin ikkinchi bo'limda o'yinni nazorat qila olmadik, natijada ikkita gol o'tkazib yubordik.

O'zbekistonda ham Braziliyadagi singari mahoratli futbolchilar etishib chiqishi mumkindir. Har bir mamlakatning o'ziga xos xususiyatlari bor. Sportchida individual fazilatlar mavjud bo'ladi, shunchaki ularni kundan-kunga rivojlantirib borish kerak.

Superliganing boshqa jamoalarida to'p tepayotgan braziliyaliklar bilan deyarli aloqada emasman".


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика