O'zbekiston U-23 va U-21 terma jamoalari tarkibida bittadan o'zgarish sodir bo'ldi

Khoja
17 mar 2025, 08:21
Bugun O'zbekiston U-23 terma jamoasi xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etish uchun Xitoyga jo'nab ketadi.

Terma jamoaga jalb etilgan Shahzod Nematjonov yig'inda ishtirok etolmasligi ma'lum bo'ldi. Murabbiylar shtabining qaroriga ko'ra, uning o'rniga Dinamo futbolchisi Xislat Halilovni jalb etildi.

Shuningdek, U-21 yoshlar terma jamoasiga jalb etilgan Behruz Jumatov (So'g'diyona) o'rniga G'iyosjon Rizaqulov (Olimpik Mobiuz) chaqiruv oldi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA