Rasman: "Dinamo" Xislat Halilov bilan shartnoma imzoladi
07 jan 2024 11:35
Yangiliklar


Rasman: "Dinamo" Xislat Halilov bilan shartnoma imzoladi
"Dinamo" klubi Superliganing eng iqtidorli va umidli o'yinchilaridan birini o'z safiga qo'shib olganini elon qildi.
Toshkentda o'tayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inida jamoa ko'rigida qatnashgan Xislat Halilov "Dinamo" bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
20 yoshli yarim himoyachi o'tgan ikki mavsumni "So'g'diyona" safida o'tkazib, Superligada jami 25 o'yinda 3ta golga, O'zbekiston kubogida 5 o'yinda 2ta golga mualliflik qildi.
Xislat Halilov 2022 yil O'zbekistonning eng yaxshi yosh o'yinchisi nomiga davogarlik qilgan va yakunda bu boradagi raqobatchisi Abbosbek Fayzullaev bu sovrinni qo'lga kiritgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar