Rasman: "Dinamo" Xislat Halilov bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
7 yanv 2024, 11:35
"Dinamo" klubi Superliganing eng iqtidorli va umidli o'yinchilaridan birini o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.

Toshkentda o'tayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inida jamoa ko'rigida qatnashgan Xislat Halilov "Dinamo" bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

20 yoshli yarim himoyachi o'tgan ikki mavsumni "So'g'diyona" safida o'tkazib, Superligada jami 25 o'yinda 3ta golga, O'zbekiston kubogida 5 o'yinda 2ta golga mualliflik qildi.

Xislat Halilov 2022 yil O'zbekistonning eng yaxshi yosh o'yinchisi nomiga da'vogarlik qilgan va yakunda bu boradagi raqobatchisi Abbosbek Fayzullaev bu sovrinni qo'lga kiritgandi. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати