Ximenes jarohat oldi va u "Atletiko"ning "Real va "Zalcburg"ga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuboradi
03 dek 2020 10:37
Yangiliklar


Ximenes jarohat oldi va u "Atletiko"ning "Real va "Zalcburg"ga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuboradi
"Atletiko" himoyachisi Xose Mariya Ximenes klubining yaqin o'yinlarini jarohati sabab o'tkazib yuboradi.
Urugvaylik futbolchining son mushaklarida muammo aniqlandi. U CHempionlar Ligasi doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yinda 68 daqiqa harakat qilgan va so'ngra zaxiraga olingan edi.
Ximenesning 20 dekabr kuni bo'lib o'tadigan La Liga doirasidagi "Elche"ga qarshi o'yinga safga qaytishi kutilmoqda. SHunday ekan u "Atletiko"ning CHL doirasidagi "Red Bull Zalcburg", La Liga doirasidagi "Real" va "Valyadolid", shuningdek Ispaniya Kubogi doirasidagi "Kardassar" jamoalari qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
25 yoshli Ximenes joriy mavsum La Liga doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar