Ximenes: "Jamoaga yangi kelgan futbolchi odatda qo'shiq aytishi kerak, Modrich esa boshqacha yo'l tutdi"
22 okt 17:18
Yangiliklar
Ximenes: "Jamoaga yangi kelgan futbolchi odatda qo'shiq aytishi kerak, Modrich esa boshqacha yo'l tutdi"
Luka Modrich "Milan"ga kelganidan keyin barcha jamoadoshlariga ayfon sovg'a qilgan ekan.
Bu haqda italiyalik jamoa hujumchisi Santyago Ximenes TikTok efirida gapirib o'tdi:
"Biz kiyinish xonasiga kirdik va har bir o'yinchining o'rnida yangi iPhone yotardi. Ularni bizga Modrich sovg'a qildi — u har birimizga yangi telefon sotib olgan ekan.
Jamoaga yangi kelgan futbolchi odatda barchaning oldida qo'shiq aytishi kerak. Luka esa boshqacha yo'l tutdi – u qo'shiq aytmasdan, barchamizga telefon sovg'a qildi", – dedi Ximenes.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar