Ximenes: "Jamoaga yangi kelgan futbolchi odatda qo'shiq aytishi kerak, Modrich esa boshqacha yo'l tutdi"

Aslanov Jasurbek
22 okt 2025, 17:18
Luka Modrich "Milan"ga kelganidan keyin barcha jamoadoshlariga ayfon sovg'a qilgan ekan.

Bu haqda italiyalik jamoa hujumchisi Santyago Ximenes TikTok efirida gapirib o'tdi:

"Biz kiyinish xonasiga kirdik va har bir o'yinchining o'rnida yangi iPhone yotardi. Ularni bizga Modrich sovg'a qildi - u har birimizga yangi telefon sotib olgan ekan.

Jamoaga yangi kelgan futbolchi odatda barchaning oldida qo'shiq aytishi kerak. Luka esa boshqacha yo'l tutdi – u qo'shiq aytmasdan, barchamizga telefon sovg'a qildi", – dedi Ximenes.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sportmediaset