Xiddink Xitoy olimpiya terma jamoasini boshqaradi
08 sen 2018 00:55
Yangiliklar
Xiddink Xitoy olimpiya terma jamoasini boshqaradi
Bu haqda AD nashri xabar tarqatdi.
“Men nafaqaga chiqqan bo'lishimga qaramay bu yoqimli ish. Asosiy maqsadimiz 2020 yilgi Tokioda bo'ladigan Olimpiada o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritish”, deydi 71 yoshli mutaxassis.
Xiddinkning so'nggi ish joyi Londonning “CHelsi” klubi bo'lgandi. U 2015/16 yilgi mavsumda Joze Mourino istefoga chiqarilgach, vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
U Gollandiya, Janubiy Koreya, Avtraliya va Turkiya terma jamoalarini boshqargan. Klublar miqyosida esa Gus PSV, “Fenerbaxche”, “Valensiya”, “Real”, “Betis” va “Anji” klublarida faoliyat yuritgan.
Xiddink qo'li ostida Rossiya terma jamoasi Evro-2008 musobaqasida yarim finalgacha etib kelib, bronza medallarini qo'lga kiritgan.
Fikrlar