So’nggi yangiliklar

16:22Аббос Файзуллаев Шомуродовнинг жамоадошига айланиши мумкин  2 15:55Ўзбекистонлик ҳакамлар Индонезияда Президент Кубоги финалида ишлайди  0 15:32Саратонни енгган "Атлетик" футболчиси допинг туфайли дисквалификация қилинди  0 15:05ЎзПФЛ делегацияси АҚШда MLS тажрибасини ўрганмоқда  4 14:48Алвес ЦСКА футболчисига айланди. Унга 7-рақам берилди  4 14:30"Реал" футболчисини Ла Лига клубига сотади  0 14:06"Марадона билан бир неча маротаба тўқнаш келганман. Даражаси сезилиб турарди". Сречко Катанец билан суҳбатнинг сўнгги ва энг қизиқарли қисми!  5 13:37Диёр Имомхўжаев: "Фақат хато қилган ҳакам эмас, клуб ҳам жазоланиши керак"  5 13:09"Манчестер Сити" Англия терма жамоаси аъзоси билан шахсий шартнома борасида келишиб олди  1 12:46Италия, Германия, Россия ва Осиё қитъаси вакиллари "Динамо" футболчисига қизиқмоқда. Музокаралар давом этмоқда  14 12:25Диёр Имомхўжаев: "ПФЛдаги биринчи иш кунимданоқ "кичик уруш" бошланган"  4 11:50Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси  0 11:30"Қўқон-1912"нинг икки футболчиси жамоадан кетди  9 11:02Адвокат Кюрасао терма жамоасини камида 2025 йил охиригача бошқаришда давом этади  5 10:30Марк Андре тер-Штеген келажаги борасида бир қарорга келди  14

Xiddink "CHelsi"da: Dubl bir Yangiliklar

Xiddink "CHelsi"da: Dubl bir

Teglar :  CHelsiXiddink
Xabaringiz bor, Mourino istefoga chiqdi va uning o'rniga "aristokratlar"ni Gus Xiddink boshqaradigan bo'ldi. Bugun biz uning 2009 yilda "CHelsi"ga kelgan davrini eslab o'tamiz.

Gollandiyalik murabbiy 2009 yilning fevralida Luis Felipe Skolarining istefosidan so'ng jamoani qabul qilib oladi. O'sha yili 12 ta o'yindan so'ng 4 tagina o'yinda g'alaba qozongan "CHelsi" murabbiyini o'zgartirishga majbur bo'lgandi.


Jamoa


Xiddink jamoaga kelganida yangi futbolchilar borasida bosh og'ritib o'tirgani yo'q: Eshli Koul, Terri, Lempard, Essen va Drogba kabi futbolchilarning yorqin o'yinlari  aynan o'sha paytga to'g'ri kelgandi.




Natija

Murabbiy kelganidan so'ng natijalar ham yaxshilana boshladi: jamoa ketma-ket 5 ta o'yinda g'alaba qozondi. Bu orada "Yuventus" ustidan ECHL pley-offida g'alaba qozonildi. Gus jamoani boshqargan 3 oy mobaynida "CHelsi" faqatgina bir marta mag'lub bo'ldi - safarda "Tottenxem"ga. Uni oldiga CHempionlar Ligasiga yo'llanma beruvchi o'rinlardan birini qo'lga kiritish qo'yilgandi. Bu borada jamoada muammo bo'lgani yo'q.

Xiddinkning "CHelsi"dagi eng esda qolarli o'yini so'zsiz  - ECHL yarim finalida "Barselona"ga qarshi o'yin. O'shanda Xiddink Kataloniyadagi o'yin oldidan hujumkor o'yin ko'rsatishini aytgandi. Natijada esa "CHelsi" "Barsa"ga qarshi avtobus qo'yadi. O'sha o'yinda Messi Bosingvani oldida xech narsa qila olmagandi.

Javob o'yinida esa barchasi yaxshi ketayotgandi. Avvaliga Essenning ajoyib goli. Yana bir qancha hujumlar... O'yin oxirlarida esa Inestaning ajoyib goli... Biroq, o'sha o'yin qahramoni Inesta emas, norvegiyalik hakam Evrebe bo'lgandi. O'shanda u kamida uchta penaltini kataloniyaliklar darvozasiga qo'ymagandi. O'yindan so'ng esa Drogbaning kameraga qarab aytgan so'zlari ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. 





Sovrin


Lekin u o'shanda "CHelsi" bilan Angliya Kubogi sohibiga aylangandi. Yarim finalda "Arsenal" mag'lub etilgan. Finalda esa Drogba va Lempardning gollari evaziga "Everton" mag'lub etilgan.




Xayrlashuv


"CHelsi" futbolchilari uni qolishini juda istashgandi. Biroq, Xiddinkni o'shanda Rossiya terma jamoasi kutib turardi.

"Undan yigirmanchi marta qolishini so'raganimda buning foydasizligini tushunib etgandim", - deb eslaydi Jon Terri.




Qaytish

"CHelsi"dagi muvaffaqiyat hozircha Xiddink faoliyatidagi eng so'nggilaridan biri bo'lib turibdi: shundan so'ng u Rossiya bilan JCH-2010 ga chiqa olmadi, Turkiya Evro-2012dan quruq qolib ketdi. Gollandiya bilan Evro-2016 saralashidan o'ta olmadi. Biroq "Anji" bilan Evropa Ligasiga yo'llanma olishni muvaffaqiyat desa bo'ladi.



Ko'ramiz, uning qaytishi "aristokratlar"ga omad keltirarmikin?!


sports.ru sayti asosida tayyorlandi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика