Xese: "Bugun orzuyim amalga oshdi"
23 dek 2013 14:02
Yangiliklar


Xese: "Bugun orzuyim amalga oshdi"
"Real" hujumchisi Xese "Valensiya"ga qarshi o'yindan keyin, uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugun orzuyim amalga oshdi. CHunki aynan mening golim g'alabani taminladi. Jamoamizda birdamlik kuchli. Buni mening golimni qay tarzda nishonlaganimizdan ham bilib olish mumkin. Avvalroq, "Real"da qolishni va o'yin amaliyotiga ega bo'lishga urinishim haqida gapirib o'tgandim. Hozir murabbiy menga ishonch bildira boshladi. Buni qadrlayman. Jamoaga yanada ko'proq foyda keltirishga umid qilaman", dedi Xese.

Fikrlar