Xenderson Kante va Dinini qo'llab-quvvatladi
23 may 2020 01:21
Yangiliklar


Xenderson Kante va Dinini qo'llab-quvvatladi
"Liverpul" sardori Kante va Dinining umumiy mashg'ulotlarda qatnashmaslik qarorini hurmat qilishini aytdi.
Ngolo Kante va Troy Dini mashq qilishni rad etishdi, chunki ular koronavirus bilan kasallanishdan o'zlarini himoya etishga urindilar.
Jordan Xenderson "CHelsi" va "Uotford" futbolchilarining qarorini to'g'ri tushunishini bildirdi.
"Men ularning mashg'ulotda ishtirok etmaslik qarorini hurmat qilaman. Har kimning oilasida har xil vaziyat mavjud. Agar kimdir o'zini xavfsiz his qilmasa, demak, ishga chiqishga majburlanmasligi kerak".
"Men yigitlarning fikrini hurmat qilaman, ammo umid qilamanki, ular ham mashg'ulotlarga qaytgan futbolchilarning qarashlarini hurmat qilishadi" — deydi Jordan Xenderson Sky Sports'ga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar