Rasman: "Brentford" "Liverpul" sobiq azosini bepul qo'lga kiritdi
15 iyu 16:07
Yangiliklar


Rasman: "Brentford" "Liverpul" sobiq azosini bepul qo'lga kiritdi
Yarim himoyachi Jordan Henderson "Brentford"ga o'tdi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, tomonlar 2 yillik shartnoma imzoladi.
Henderson "Brentford"ga tekinga tushdi. Avvalroq 35 yoshli futbolchining "Ayaks" bilan bitimi tugagandi. U Amsterdam klubi safida 57 o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Henderson faoliyatining katta qismini "Liverpul"da olib borgan. U mersisaydliklar safida 492 o'yinda 33 ta gol urgan va 58 ta golga assistentlik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Каомин Келлехер, Джордон Хендерсон, Фабио Карвалью, Зепп ван ден Берг