So’nggi yangiliklar

07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  3 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  5 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  13 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  11 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  5 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  20 20:52Даҳшатли автофалокатга учраган Антонио етти ой деганда майдонга қайтди  0 20:21Индзаги Б Серия клубига бош мураббий бўлди  8 20:01"Ливерпуль" Малик билан музокараларни бошлади  0

Xayrullo Bozorov: "Neftchi" Superligaga yarashadi" Yangiliklar

Xayrullo Bozorov: "Neftchi" Superligaga yarashadi"

Avval xabar berganimizdek, kuni kecha Farg'onaning "Neftchi" klubi mavsumoldi tanishtiruv va taqdimot marosimini o'tkazdi.

Marosimda Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ham ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.

"Avvalambor barchaga assalomu alaykum. Bugungi tadbirda sizlarni ko'rib turganimdan juda xursandman. Bilasizlarmi,"Neftchi" futbol klubi tanishtiruv marosimi tashkillayotgani haqida menga axborot berishganida birinchi qaerda o'tkazilishi haqida qiziqdim. Dastlab klub qarorgohida o'tkazilishi rejalashtirilgan marosim yakunda muhtasham teatr va koncert saroyida tashkil etilmoqda. Boshida shunday katta zalni qanday qilib muxlislar bilan to'ldirishlariga hayron bo'lgandim. Ayni vaqtda ko'rib turibman, zalda deyarli bo'sh joylar qolmaganligini ko'rib turibman. Bu Farg'ona xalqi futbolni juda yaxshi ko'rishidan dalolat beradi. Men "Neftchi"ga etibor qilish lozimligini yana bir bor his qildim.

Albatta futbol millionlar o'yini.Yoshligimizda, bolaligimizda barchamiz futbol o'ynaganmiz. Maktabda, ko'chada, mahallada futbol o'ynaganmiz, barchamiz futbol bilan o'sganmiz.To'g'risini aytganda vodiy xalqi futbolni juda yaxshi ko'radi. Masalan Namanganda futbol muxlislari "Navbahor" jamoasiga katta etibor qaratishlariga guvoh bo'lganman. Xuddi shu kabi bugun Farg'onada ham futbolsevar muxlislar ko'p ekanligini ko'rmoqdaman. O'zbekistonning besh karra chempioni, shonli tarixga ega bo'lgan "Neftchi" jamoasiga befarq bo'lmaganliklaring uchun barchangizga minnatdorchilik bildiraman.

Mamlakatimizda so'ngi yillarda muhtaram prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev boshchiligida barcha sohalarga ulkan islohotlar olib borilmoqda. O'zlaring ko'rib guvoh bo'layapsizlar, so'ngi 4 yilda o'zgarmagan soha qolmadi. Har bir sohada o'zgarish va rivojlanish bor. Bilasizlarmi, juda ko'pdan buyon O'zbekiston xalqi futbol bo'yicha jahon chempionatiga chiqishimizni kutib yashamoqda.Mana so'ngi yillarda hukumatimiz tomonidan futbolga oid bir nechta meyoriy hujjatlar imzolandi. Har bir sohada bo'layotgan o'zgarishlar kabi o'zbek futbolida ham rivojlanishlar ko'zga tashlanmoqda, sog'lom raqobat muhiti yuzaga kelayapti.

Yodinglarda bo'lsa, yoshlarimiz Osiyo chempioni bo'lganida prezidentimiz SHavkat Miromonovich alohida yig'ilish o'tkazib, qaerda adolat bo'lsa, halollik bo'lsa natija ham yuksak bo'lishini takidlagan edilar. Mos ravishda prezidentimizning futbolga bag'ishlangan alohida qarorlari qabul qilindi, joylarda mazkur hujjat ijrosi taminlanmoqda.

O'zbekiston futbol associaciyasiga davlat xavfsizlik xizmati rahbari Abdusalom Azizovning tayinlanishi ham bejizga emas. Futbolda adolat o'rnatish, halollikni taminlash kelajakda o'zining samarali natijasini bermasdan qolmaydi. Mana qatiy tarzda futbol reglamentlari qaytadan ko'rib chiqilyapti. O'zbekiston chempionatlari, xususan Superliga, PRO-Liga musobaqalarining darajasi tobora yuqorilab bormoqda. Eng asosiysi yoshlarimiz futbol o'ynayapti, sog'lom turmush tarziga rioya qilmoqda.

Farg'ona viloyatida "Qo'qon-1912" klubi ancha yillardan buyon Superligada qatnashib kelmoqda. Bundan tashqari joriy mavsumdan yana bir jamoamiz - Yaypanning "Turon" jamoasi ham Superligada ishtirok etadi. Hozirgina shu jamoaning mavsumga tayyorgarlik jarayonini ko'rib keldik. Tashkil etilganidan 3 yil o'tib Superligada o'ynashi haqiqatdan ham tahsinga sazovor natija.

O'zbekiston tarixida jamoa ramzi tepasida yulduz tasviri bor klublar soni kam. "Neftchi" 5 karra O'zbekiston chempioni bo'lgani xolda mana shunday natijaga erishgan. Jamoada tashkiliy jihatdan ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilmagani tufayli bir necha mavsum quyi ligada o'ynashiga sabab bo'ldi. O'tgan mavsumda "Neftchi"ga ozgina omad etmay qoldi. Mayli, "Neftchi" chiqmagan bo'lsa viloyatimizning yana bir jamoasi "Turon" chiqdi. Bu ham kurash, sog'lom raqobat. Bu yil o'tgan yilgi xato va kamchiliklardan xulosa qilgan xolda "Neftchi"ni Superligaga olib chiqish, asl o'rniga qaytarishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ydik. Bugungi taqdimotni "Neftchi" haqiqiy o'rniga qaytarish taqdimoti desak to'g'ri bo'ladi. "Neftchi" Superligaga yarashadi, jamoaga Osiyo chempionlar ligasida o'ynash yarashadi" - deydi viloyat rahbari.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика