Xayriya o'yini. Figu jamoasi Ronaldinyo do'stlariga qarshi

22 apr 2018, 07:17
Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda UEFA hamkorligi doirasidagi xayriya uchrashuvi o'tkazildi.

Unda yaqin o'tmishning mashhur yulduzlari Luish Figu va Ronaldinyoning jamoalari bir-birlariga qarshi maydonga tushdi. 

O'yinda Figu va uning do'stlari 4:3 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvdan tushgan mablag' to'laligicha xayriya ishlariga sarflanadi.

Figu jamoasi -Ronaldinyo jamoasi - 4:3

Gollar: Raul, Pires, Nunu Gomesh, Salgado - Shashich, Fray, Kafu

Figu jamoasi: Dida, Vitor Bayya, Michel Salgado, Frank de Bur, Rio Ferdinand, Kristian Kivu, Deyan Stankovich, Rober Pires, Yari Litmanen, Kristian Karambe, Andrea Pirlo, Raul, Robbi Kin, Nunu Gomesh i Kelli Smit.

Ronaldinyo jamoasi: Devid Djeyms, Antonis Nikopolidis, Juliano Belletti, Kafu, Edmilson, Erik Abidal, Maykl Essen, Yuriy Jorkaeff, Gaiska Mendeta, Ronald de Bur, Xenrik Larsson, Aleksander Fray, Patrik Klyuyvert, Seliya Shashich i Keysi Stouni.

O'xshash yangiliklar