Figu uslubidagi javob. Barselona muxlislari Dembelega sovg'a tayyorlab qo'yishlarini ma'lum qilishdi

Khoja
12 apr 2024, 09:44
PSJ a'zosi Usman Dembelening sobiq jamoasiga gol urganidan so'ng nishonlashi Barselona muxlislariga yoqmadi.

 Uchrashuv yakunidan so'ng Fransiyalik futbolchiga haqoratli so'zlardan iborat xabarnomalar yuborishgan. Shuningdek, muxlislar ikkinchi uchrashuvda Figu uslubidagi javob qilishga vada berishdi. Ular Dembele uchun alohida sovg'a tayyorlab qo'yishmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Dembele 2017-2023 yillar oralig'ida Kataloniya klubi safida harakat qilgan. U jami 185 ta uchrashuvda maydonga tushib, 40 ta gol va 43 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com