"Krishtianu – butun dunyoga ibrat" - Figu

Sherzod Nurmatov
25 apr 2025, 11:19
Mashhur futbolchi Luish Figu Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldunning 2026 yilgi Jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasiga yetakchilik qilish imkoniyatini qo'llab-quvvatlaydi.

"Krishtianu tayyorgarlik, kasb mahorati va istedod borasida butun dunyoga ibrat bo'la oladi", – dedi Figu.

Bundan tashqari, "Barselona" va "Real"ning sobiq yarim himoyachisi Krishtianu haqida quyidagi so'zlarni qo'shimcha qildi:

"U doimo gol uraveradi. Menimcha, hatto 41 yoshida ham u muntazam to'p kiritadi".

2026 yilgi mundial AQSH, Kanada va Meksikada o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports