So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   8 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  11 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  13 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  11 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   12 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

“Xayr, OFK! Salom, UEFA!”, deyishga jurat bormi yoxud “Jahon chempionati uchun” degan sarobni unutib, “Futbolimiz rivoji uchun” degan strategiya bilan UEFAga ko'chib o'tish vaqti keldi! Yangiliklar

“Xayr, OFK! Salom, UEFA!”, deyishga jurat bormi yoxud “Jahon chempionati uchun” degan sarobni unutib, “Futbolimiz rivoji uchun” degan strategiya bilan UEFAga ko'chib o'tish vaqti keldi!

2021 yilning 19 iyun kunda O'zbekiston futbol Associaciyasining navbatdan tashqari o'tkazilgan Kongressida O'FA prezidenti Abdusalom Azizov quyidagi fikrlari bilan barcha jurnalist va futbol mutaxassislari bilan o'rtoqlashgani yodimizdan chiqmagan bo'lsa kerak:

«FIFA kunlaridan terma jamoa unumli foydalanishi kerak. Kuchli terma jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari bo'lishi kerak. O'ZIMIZDAN KUCHLI BO'LGAN JAMOALAR BILAN O'YNASHIMIZ SHART. GERMANIYA BILAN DEMAYMAN, IORDANIYA YOKI IROQ EMAS, O'ZIMIZDAN YUQORI TERMA JAMOALAR BILAN O'YNASH KERAK, oxirgi daqiqada Tailand bilan o'ynaymiz, deysizlar. Oxirgi ikki yilda nima so'rasanglar yo'q demadik. Besh kun qolganida raqib qidirish kerak emas, yil boshida kimlar bilan o'ynashimiz kerakligini bilishimiz kerak”, degan edi A.Azizov.

/media/in_content_images/photo_2021-07-27_16-23-15.jpg_image

Bu fikrlarda jon bor. Zero, milliy terma jamoamizning 2020 va 2021 yilgi o'rtoqlik uchrashuvlarini eslaydigan bo'lsak, Jahon chempionati saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik sifatida BAA, Suriya, Tojikiston, Gana, Iordaniya, Tayland va Iroq (2 marta) milliy terma jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazildi. Pandemiya va boshqa nomalum sabablarga ko'ra, bundan kuchlirok terma jamoalar (Yaponiya va Avstraliya) bilan o'ynash imkoni bo'lmagan ko'rinadi. Ammo, bu borada boshqa muhim jihatlarni ham hisobga olsak, to'g'ri bo'lar edi. Yani bugungi kunga kelib, OFK tasarrufida boshqa kuchli milliy terma jamoalarning soni juda kam. Qolaversa, borlari  ham o'z o'rtoqlik uchrashuvlari taqvimlarini allaqachon hal qilib bo'lgan. Demakki, bizdan kuchli terma jamoalarni faqatgina Evropa, Janubiy Amerika va Afrika qitalaridan topish mumkin. Ularga “yo'l”ni esa katta xarajat, yani PUL olib boradi. SHuningdek, deyarli barcha “yopiq” Evropa davlatlari Millatlar Ligasi uchrashuvlari va pandemiya hisobiga boshqa Konfederaciya jamolari bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini deyarli o'tkazmayotganini ham hisobga olish kerak.

SHu o'rinda “Nima qilmoq kerak?”, degan savol o'rtaga chiqadi. Keling, “utopiya”dek ko'rinsa-da, biroq nazariy jihatdan imkoni bor bir variant haqida gaplashamiz: Bu variantni kuchli jamoalar bilan o'ynash uchungina emas, balki potenciali yuqori va futbol geni mavjud bo'lgan millatimiz futbolining rivoji uchun ham katta qadam, muhim burilish, deb hisoblash mumkin. Gap OFKni tark etib, UEFAga o'tish xususida bormoqda!

OFKda futbolimiz so'nggi yillar davomida “cho'kmoqda”mi?!

Ha, aynan shunday. OFKga azo bo'lgan 47 davlatlarni bir bir qarab chiqsak, unga azo bo'lgan davlatlarning 30dan ortig'ini barchamiz hech qiyinchiliksiz tanlab, ulardagi futbolning darajadasi juda past ekanini takidlash mumkin. Gapning faqat futbol haqida ketyotganini inobatga olib, Xitoy Taypeyi, Mongoliya, Bangladesh kabi davlatlar qatori biz ham OFK azosi o'laroq turli musobaqalarda qura natijasida ular bilan o'ynashga ham majburmiz.

OFK Milliy futbol Associaciyalari:

/media/in_content_images/photo_2021-07-27_16-23-13_3_w9B36gZ.jpg_image

Xo'sh, biz ushbu davlatlarning terma jamoalari bilan o'ynab, yirik hisoblarda ularni yutib, nimagadir erishimiz mumkinmi? Boz ustiga, boshqa terma jamoalarimiz (U-17, U-20 va U-23) misolida aytadigan bo'lsak, ushbu terma jamoalar bilan o'ynash majburiyatimiz ham qo'shimcha muammo, aslida. O'zimizdan kuchli terma jamoalar bilan o'ynashimiz imkonining pasayishi emasmi bu?!

To'g'ri, biz Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, Avstraliya va Saudiya Arabistoni kabi jamoalar orasida 1 yoki 2 yil davomida ularning bir yoki ikkitasi bilan o'ynash imkonimiz xam bo'lishi mumkin. Lekin ular bilan 365 kunlik muddat ichidagi 1 yoki 2 o'yinlar futbolchilarimiz va futbolimizning darajasi oshishiga qanchalik yordam beradi?! Ushbu o'yinlardan bizga qanchalik foyda yoki effekt bo'lishi mumkin?! Bu savollar javob emas, balki qo'shimcha savollar keltirib chiqaradi xolos.

Yana bir gap: biz Osiyo futboliga CHempion (1994) sifatida kirib kelgan bo'lsak, oradan yillar o'tib, Yaman, Suriya, Falastin singari urushi tugamaydigan, halovati yo'q mamlakatlarga yutqazib yuribmiz! Futbolimizni esa, tan olish kerakki, SSSR maktabi vakillari “qulog'idan tortib yuribdi”. O'tgan yillarda, hatto tuzukroq infratuzilma ham qila olmadik...

Osiyo Futbol Konfederaciyasidan futbolimiz qanday yordam yoki foyda olyapti?

OFKning eng asosiy musobaqalari bo'lgan Osiyo Kubogi va Osiyo CHempionlar Ligasidan tushayotgan foydani ko'rib, etarlicha xulosa qilish mumkin. So'nggi 2019 yilgi BAAda o'tgan Osiyo Kubogida terma jamoamiz ishtirok etgan va ushbu musobaqadagi ishtroki uchun 200 ming AQSH dollari ishlab olgan. Musobaqadagi natijalari, yani 2 g'alaba va 2 mag'lubiyat uchun qo'shimcha pul ishlab olgan. 2 g'alaba bo'yicha aniq malumotlar OFK tomonidan sir saqlanganini sababini bilmaymizu, lekin 2 g'alaba uchun 100-150 ming AQSH dollari berilganini taxmin qilishdan boshqa ilojimiz yo'q.

So'nggi Osiyo CHempionlar Ligasida ishtirok etgan klublarimizda daromad qanday? Masalan,  “Paxtakor” ushbu markazlashgan musobaqaning guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri ishtiroki uchun hech qanday pul olmagan. Guruh bosqichidagi natijalari uchun, yani 1 g'alaba va 4 durrang uchun umumiy miqdorda 90 ming AQSH dollari ishlab olgan. Ushbu musobaqa BAAda o'tkazilganini hisobga olib, klubimizga OFK tomonidan aviachipta xarajatlari uchun 60 ming AQSH dollari miqdorida pul ajratgani etiborimizni tortdi.

/media/in_content_images/photo_2021-07-27_16-23-13_5eizg6W.jpg_image

Yani umumiy qilib oladigan bo'lsak, Osiyo Kubogidagi ishtiroki bo'yicha milliy terma jamoamiz OFK tomonidan 300-350 ming AQSH dollari va “Paxtakor” futbol klubi 90 ming AQSH dollari miqdorida foyda olgan.

2019 yil BAAda o'tkazilgan Osiyo Kubogidagi umumiy mukofot pullari:

/media/in_content_images/photo_2021-07-27_16-23-14.jpg_image

Xo'sh, Osiyo Kubogi va OFK CHempionlar Ligasida yaxshi ishtirok etishimiz uchun tayyorgarlikka sarflanadigan pullar, yani 5 yoki 10 barobar ko'roq sarflanayotgan pullar 90 ming yoki 300-350 ming AQSH dollari uchun arzirmikan? Balkim yanada kuchlirok va moliyaviy tomonlama foydalirok musobaqalarda ishtirok etish vaqti kelmadimi?

Yanada kuchlirok terma jamoa va klublar bilan o'ynash imkoni yoxud UEFAga azo bo'lishning foydasi xususida

Milliy terma jamoamizning Jahon CHempionati saralash bosqidan qolib ketgani, OFK miqiyosidagi o'smirlar, yoshlar va qizlar o'rtasidagi terma jamoalar uchun musobaqalarning bekor bo'lishi, Osiyo CHempionlar Ligasida biror bir klubimizning yo'q ekanligi, shuningdek 2021 va 2022 yilning judayam “sokin” o'tishini hisobga olsak, o'zbek futbolimizda TUBDAN BURILISH QILISHNING AYNI VAQTI, desak qo'rqib ketmang! Yani, 1993 yilda qilingan KATTA XATONI to'g'irlash vaqti keldi.

Xabaringiz bo'lsa, O'zbekiston Sovet Ittifoqidan ajralib chiqqanidan so'ng, 1993 yilda O'zbekiston Futbol Federaciyasiga 2 ta futbol Konfederaciyasidan, yani UEFA va OFKdan azolik uchun rasmiy takliflar kelib tushgan. O'sha davrdagi O'zbekiston futbol Federaciyasi rahbariyati OFK taklifini qabul qilgan. Zero, o'sha davrdan to shu kungacha “tirik” bo'lgan yagona maqsad, yani Jahon CHempionatiga chiqish istagi UEFAning taklifidan ustunlik qilgan. Biroq, bu istak shuncha yil o'tib, na ro'yobga chiqdi, na futbolimizni rivojlantirdi.


SHu o'rinda bugungi kungacha OFK tasarrufida bo'lgan davrimizda aynan biz orzu qilgan “sarob”ni deb, futbolimiz OFKdan bir qancha “jabr-sitam” ko'rganini eslamasdan ilojimiz yo'q.

Misol uchun, Yapon hakamining Baxraynga qarshi o'yinidagi masxarabozliklari, Koreya jamolariga qarshi o'yinlarda yaponlarning, Yaponiya jamoalariga qarshi o'yinlarda koreyslarning hakamlik qilishlari, “Jar” stadionidagi JCH saralashida Eronga kiritilgan “toza” golimizning hisobga olinmasligi, Saudiya Arabistoniga markazlashgan JCH saralashining berib yuborilishi va hokazo. Bu esda qolganlari, xolos. Mayda nohaqliklar haqida shu tizim ichida yurganlar yoki futbolchilardan so'rab olish mumkin.


/media/in_content_images/photo_2021-04-09_18-32-11.jpg_image


OFKda qolib, faoliyatimizni shu konfederaciya vakili sifatida davom ettirsak, Jahon CHempionati biz uchun “sarob”ligicha qolaveradi. CHunki futboli etuk yoki badavlat terma jamoalargina OFK tomonidan qo'llab-quvvatlashda davom etilaveradi, O'zbekiston futboli esa tubga cho'qib, “g'arq bo'lishda” davom etadi. 

UEFAga o'tish yoki qaytish bizga nima beradi?

Bu futbolimiz, futbol tizimimiz, futbolchilar, futbol mutaxxassilari, hakamlar va boshqalar uchun o'sish va o'zini ko'rsatish uchun eng to'g'ri yo'nalishi hisoblanadi. Qolaversa, Abdusalom Azizovning yuqoridagi takidlab o'tgan “O'zimizdan kuchli bo'lgan jamoalar bilan o'ynashimiz shart” so'zlarining amalga oshishi bo'yicha eng kam xarajatli va eng oson yo'li sanaladi.

O'zingiz bir o'ylab ko'ring, Millatlar ligasi, CHempionlar Ligasi, Evropa Ligasi, Konferenciyalar Ligasi, Evropa CHempionati saralash uchrashuvlari, Yoshlar o'rtasida CHempionlar ligasi va hokazo evromusobaqalarda futbolchilar, klublar, mutaxassislar va hakamlarimiz ishtirok etib, dunyodagi eng kuchli musobaqalar orqali nafaqat o'sishadi, hattoki futbolimizga bo'lgan qiziqish Evropa davlatlari orasida ham oshishiga sabab bo'ladi. Yangi “SHomurodov”lar paydo bo'ladi, yosh talantlar Evropa futbol maktablariga yo'l oladi...

SHuningdek, bizning Evropa davlatlari va klublari bilan bo'ladigan o'yinlarimiz, davlatimizda turizm soxasining rivojlanishini, Evropadan keladigan aviaqatnovlarning yanada ko'payishini, Evropaning ko'plab davlatlari fuqarolari orasida O'zbekistonni yanada kengrok tanitishimizni, davlatimizga chet eldan kirib keledigan Evropa futboli muxlislarining xam kirib kelishini, chet el valyutasi kirib kelishi orqali davlatning turizmdan topadigan yuqori daromadlariga erishishini UEFAga qaytish yoki o'tish orqali taminlashimiz ham aniq.   

Bundan tashqari, Futbol Associaciyamiz va klublarimiz UEFAdan katta moliyaviy yordam oladi. Misol tariqasida, 2002 yilda OFK tarkibidan chiqib, UEFAga o'tgan/qaytgan Qozog'iston futbol Federaciyasini olaylik. SHu kungacha Qozog'iston Futbol Associaciyasi UEFAdan 30 million Evro, Evromusobaqalar ishtirokchisi “Astana” futbol klubi esa 5 mavsum uchun 40 million Evro miqdorida foyda oldi. Agarda 1 yil yoki mavsumni alohida oladigan bo'lsak, QFF 2018-yili UEFAdan 6 million 300 ming Evro va Astana klubi esa 2015-16 yilda 17 million 292 ming Evro miqdorida moliyaviy yordam/foyda olganini alohida ko'rsatib o'tish kerak. Ha, bu raqamlar xaqiqiy, do'stlar!

2018 yilgi UEFA moliyaviy hisobotining bir qismi:


/media/in_content_images/666.jpg_image


Yana bir qiziqarli jihat: UEFA evromusobaqalarni erta tark etgan klublarni ham moliyaviy qo'llab-quvvatlaydi. Aynan shunday! SHu kungacha evromusobaqalarni erta tark etgan Qozog'iston futbol klublari 33 million Evro miqdorida moliyaviy yordam olishgan. Ana shunaqa! Havas qilmay iloj yo'q. (Astanaga kelgan “Manchester Yunayted” ishtirokidagi o'yinga qanchalar havas qilganimizni eslatmay qo'yaveray!) 

OFKdan bizning klublar biror yordam olishganmi shu kungacha? Klublarimizning rasmiy saytlarida ham, OFKda xam bunday malumotlarni kuzatmaganmiz.

Bu haqidagi malumotlar har yili UEFAning moliyaviy hisobotida shaffoflik bilan ko'rsatiladi. OFKda-chi?! (ritorik so'roq) 

Yana bir bor eslatib o'tishimiz kerak: “Paxtakor” OFKdan 90 ming dollar, “Astana” esa UEFAdan 17 million 292 ming evro foyda qilgan. Farqni qara, Karl!

«Astana» futbol klubining 2015-16 yilgi mavsumidagi UEFA CHemipionlar Ligasidan olgan sof foydasi:


/media/in_content_images/photo_2021-07-27_16-23-13_2_3FtJBlK.jpg_image


QFF UEFAdan 6 million 300 ming Evro miqdorida moliyaviy yordam olgan bo'lsa, O'FAga qancha ajratilgani haqidagi malumotlarni OFK rasmiy saytidan topa olmadik. SHaffoflikdagi farqni sezyapsizmi?!

Qo'shimcha malumot sifatida: Koronavirus pandemiyasi paytida o'tgan yili UEFA 55 ta milliy futbol Asociaciyalariga 236,5 million Evro miqdorida moddiy yordam ajratdi. Yani har bir mamlakatga 4,3 million evrodan pul berdi. Xo'sh, OFK pandemiya davrida nima berdi??? Hech vaqo!

Futbol ishqibozlari ko'pincha “Qozog'iston UEFAga o'tib nimaga erishdi?”, degan savolni berishadi. Ishonavering, ko'p narsaga erishmoqda. Qozog'iston futboli SSSR tarqagach, biz bilan bir xil darajada edi. Dastlab Osiyoni tanlagan qo'shnilarimiz 2002 yilda UEFA tarkibiga o'tishga qaror qildi. Ular FIFA reytingida kuchli 100 talikda bo'lmasligi mumkin, ammo ayni kez ulardagi futbol infrastrukurasi, daraja, klublar saviyasi yildan-yilga oshib bormoqda. Evropaning mana-man degan terma jamoalariyu, klublari kelib futbol o'ynamoqda. Futzal terma jamoasining kuchi haqida ortiqcha tarifga hojat yo'q. Evropa qitasidagi saralashdan Jahon chempionatiga chiqqani va ayni paytda dunyo reytingida 8-o'rindagi jamoa ekanligi buning yorqin isbotidir.

Agar futbolimiz har jihatdan o'sishini va futbolimizning haqiqatan ommaviylashini istasak, O'FA rahbariyati uchun hozir katta jurat va iroda ko'rsatib, UEFAga o'tish bo'yicha harakatni boshlashning ayni payti. Zero, O'zbekistonlik futbol muxlislarining stadionlarga qaytishi, ularni to'ldirib o'tirishi va futbolimizning xaqiqiy rivoji bu - Evropaning kuchli bo'lgan Angliya, Germaniya, Portugaliya va Italiya kabi terma jamoalar va klublarining O'zbekistonga kelishi bilan bog'liq masala. Misol uchun, “Paxtakor”, “Bunyodkor” yoki “Nasaf” futbol klublari UEFAning evromusobaqalarida ishtirok etib, SHveycariyaning «Bazel» yoki Turkiyaning «Galatasaroy» futbol klublari O'zbekistonga tashrif buyursa, haqiqiy bayramga aylanishi, stadionlarimiz esa muxlislar bilan to'lishi shubhasiz! "Al Ittihod" yoki "Al Ayn" kabi futbol klublari OCHL doirasida O'zbekistonga tashrif buyurganda, stadionlarimiz to'lishiga ishonasizmi?! Afsuski, yo'q!

UEFAga qaytish/o'tishning iloji bormi? 

Ayni paytda UEFAga 55 ta davlat azo. SHu o'rinda Evropa Millatlar Ligasidagi savatchalarga nazar solsangiz, u erda 14 savatchaning 13 tasida 4tadan jamoa va faqatgina 1 savatchada 3 ta jamoa mavjud. Bu nimani anglatadi? Bu savatchalar orqali UEFAda faqatgina 1 savatchada toq jamoalar soni borligini va ushbu savatchaning 1 o'rnida joy borligini anglatadi. Ushbu atigi 1 o'rinni olishga ulgurgan jamoa, Millatlar Ligasidagi savatchalarning mukammalligini taminlaydi va tashkiliy tomonlama UEFA uchun muammolarni hal qiladi.

Biz UEFAga qanday qilib azo bo'lishimiz mumkin? Sovet Ittifoqi tarkibida bo'lgan davrimizga nazar solsak, bir qiziq malumotga etibor qilish mumkin. 1988 yil 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan EVROPA chempionatida Sovet Ittofoqi terma jamoasi g'olib bo'lganini va uning tarkibida Evropa chempioni nomiga hamyurtimiz Mirjalol Qosimov erishganligini takidlab o'tish joiz. Bu esa O'zbekiston azolari bungacha UEFA azosi bo'lganligi tasdiqlaydi.


/media/in_content_images/scale_1200_GF1Yr0V.jfif_image


To'g'ri, georgafik tomondan bizning Evropada erlarimiz yo'q. Biroq Avstraliya, Guam va Mariana orollari Osiyo (OFK)ga geografik jihatdan aloqasi yo'qligini, shuningdek Isroil, Kipr va Armaniston davlatlari Evropa (UEFA)ga kirmasligini bilasiz. Isroil bungacha OFK azosi bo'lganligi va diniy mojarolar tufayligina UEFAga o'tib ketganini alohida aytib o'tish mumkin. Qo'shimcha sifatida, Yangi Zelandiya geografik jahatdan Osiyoga aloqasi bo'lmasa ham, OFK azosi bo'lganini va 1966 yildan Okeaniya Konfederaciyasi azoligini qabul qilganlini aytish mumkin. SHuning uchun O'zbekistonning UEFAga azo bo'lishi uchun geografik jihatlar asosiy talab sifatida qaralishi ehtimoli kam.

Yuridik jihatdan UEFA Nizomining 5-moddasi 2-qismida “Istisno holatlarda boshqa qitada joylashgan Milliy futbol Associaciyasi ushbu qitaning yoki boshqa bir Konfederaciyaning amaldagi azosi bo'lmasligi va FIFAning UEFA azoligiga tasdiqlash sharti bilan UEFAga azolikka qabul qilinishi mumkin”, deb yozilgan.

O'FA va UEFA munosabatlari qanday? 

Alohida takidlash kerakki, O'FA UEFA bilan yaqin do'stlik aloqalarini yo'lga qo'ygan. O'tgan davrda UEFA bilan ham hamkorlikda bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda. Masalan, o'tgan yilning 9-13-mart kunlari UEFA Assist tashabbusi doirasida tashkilotning xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Eva Paske boshchiligidagi UEFA delegaciyasi yurtimizda bo'ldi va O'FAning ish-faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida O'FA hamda PFLning har bir yo'nalish bo'yicha olib borayotgan faoliyati UEFA mutaxassislari tomonidan atroflicha o'rganildi hamda yakunda associaciya ish faoliyati samaradorligini oshirish, yurtimizda futbol rivojlanish darajasini yanada ko'tarishga yo'naltiriluvchi qo'shma loyihalar, mutaxasislarning Evropaning etakchi associaciyalarida malaka oshirishi, qolaversa O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining muntazam ravishda Evropada tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarda ishtirokini taminlash kabi masalalar muhokama qilindi.


/media/in_content_images/photo_2020-03-09_18-25-47_tglEiMY.jpg_image


Xo'sh, sizningcha, bu tashrif shunchaki amalga oshirilganmi?! Butunlay boshqa qita mutaxasissislari  kelib, o'zga federaciyaning faoliyati, tizimi va boshqa barcha muhim jihatlarini o'rganishi, qimmatli maslahatlar berishi – dunyoda boshqa kuzatilmasa kerak. Bu UEFAning O'zbekiston bilan munosabatlari juda yaxshi ekanini va bizga nisbatan “katta simpatiya”si borligini bildiradi.

UEFAga bizdan nima naf? 

O'zbekiston UEFA uchun, birinchi galda, “yirik muxlislar armiyasi” deyish mumkin. Qariyb 35 (34,910,800) millionlik aholi bilan (UEFA azosi sifatida faraz qilsak) kuchli 10 talikda qayd etiladi. Aholi soni bo'yicha UEFAga azo davlatlar orasida Polsha, Ukraina, Ispaniya, Italiya, Franciya, Angliya, Turkiya, Germaniya va Rossiya bizdan yuqorida turibdi ,xolos. Qizig'i shundaki, bu borada Evropadagi 25 ta eng kam sonli futbol Asociaciyalarining aholisini umumiy qilib hisoblasak, qariyb bir O'zbekiston aholisi soni tashqil qilishi mumkin. UEFA uchun bu ham katta faktor, bizningcha.


/media/in_content_images/photo_2021-07-25_23-38-19_fdTaRaB.jpg_image


Qolaversa, hozirda UEFA azolari soni toq, yani 55 ta. Bu musobaqalar chog'i ularga ayrim noqulayliklarni keltirib chiqaryotgani bor gap. O'zbekiston orqali dunyoning eng kuchli konfederaciyasi bu noqulaylikni bartaraf etishi mumkin.        

Xullas, do'stlar, “Jahon chempionati uchun” degan vaj(sarob)ni unutib, “Futbolimiz rivoji uchun” degan strategiya bilan UEFAga ko'chib o'tish kerak! Yo'q, ko'chib o'tish emas, sobiq azo o'laroq UEFAga qaytish kerak! Bu yog'i endi rahbarlarning irodasi va juratiga qolgan masala! Tamom!


Muslim Mirzajonov

Reyting: +85   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика