So’nggi yangiliklar

17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  0 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  1 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3

Xayr, De Rossi yoxud A Seriyani tark etgan faxriylar Yangiliklar

Xayr, De Rossi yoxud A Seriyani tark etgan faxriylar

Afsuski, A Seriya har yili klub faxriylari bilan xayrlashadi.

Daniele De Rossi

O'tgan mavsum Franchesko Totti “Roma”dagi so'nggi o'yinini o'tkazgan va rimliklar “Iperator”lari bilan xayrlashgan edilar. Ammo yana shuncha vaqt o'tib, “bo'rilar” sardori jamoadan ketishini tiffozilar hayoliga ham keltirmagan edi. U butun umrini Rimda o'tkazdi va jamoaga bo'lgan sadoqati bilan boshqalardan ajralib turdi. Klubdan ketishni o'ylab ham ko'rmagan De Rossi 35 yosh bo'lishiga qaramay, yana samarali o'yinlar ko'rsata olishiga ishonchi komil edi. Lekin har safar ham biz istagandek bo'lavermas ekan. “Roma”ning amerikalik xo'jayinlari De Rossi sust o'ynadi deb, unga yangi shartnoma taklif qilishmadi. Hattoki, Daniele jamoada qolish uchun maoshi pasayishiga tayyor ekanligiga ham qarab o'tirishmadi. Ko'p o'tmay, jamoada funkcioner lavozimida ish olib borayotgan Totti ham rahbariyat bilan bo'lgan kelishmovchiliklardan so'ng ishdan bo'shashini malum qildi.

De Rossi so'nggi uchrashuvida tiffozilar oldida tiz cho'kib, yig'lab ular bilan xayrlashdi va “Roma”ga bo'lgan muhabbati abadiy ekanini takidladi. Daniele faoliyatini yakunlagani yo'q, ammo Italiyada qolish ehtimoli juda kam. SHarqda unga bo'lgan qiziqish yuqori, Devid Bekxem esa MLSdagi klubida uni ko'rishni istayapti.


Emiliano Moretti

Markaziy himoyachi 2013 yil Genuyadan Turinga o'tgan va asta-sekin ularning sevimli futbolchilari qatoridan joy egallagan. Unga doim ishonsa bo'lardi. O'yinchi asosiy tarkibga kirolmagan paytlarda ham bundan g'azablanmas edi. SHunga qaramay, Moretti sog'lom va baquvvat ekani bilan boshqalardan ajralib turar, kamdan-kam hollarda jarohat olardi. Uchrashuvlarni asosan bazi sabablar yoki diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborgan. Bu yil ham u jamoaga katta yordam berdi va ikkinchi mavsumda “buqalar” himoya chizig'ining ishonchli o'yinchisiga aylandi.

Moretti “Torino”ning 601 o'yinidan 198tasida maydonga tushdi. "Biz Emiliano biz bilan qolishini istaymiz, – deydi klub prezidenti Urbano Kayro. – Emiliano – yuqori darajadagi professional o'yinchi. U ko'p narsani endi o'rganmoqda, ammo kelajakda Moretti kuchli mutaxassis bo'lib etishadi".

Darhaqiqat, Moretti kabi kadrlarga beetibor bo'lish yaramaydi.



Serjio Pelise

2000 yilda yosh italiyalik hujumchi Serjio Pelisse Veronaga ko'chib o'tadi va u erda 17 yil qolib ketadi. "Kevo" safida u 480 o'yin o'tkazdi va 137 ta gol urdi. Yillar o'tar ekan u nafaqat tajriba orttirdi, balki sardorlik bog'ichiga ega bo'ldi, ECHL saralashida maydonga tushdi. Aprel oyida Serjio 40 yoshni qarshiladi. Hozirga kelib, u kamroq uchrashuvda maydonga tushmoqda va sezilarli darajada kam gol uryapti - 19 o'yinda 4 gol. Afsus, "Kevo" A Seriyani tark etdi va Pelisening buyuk epoxasi (davri) ham yakuniga etdi.

Katta ehtimol bilan u Veronadan hech qaerga ketmaydi va klub elitaga qaytishi uchun qaysidir lavozimda jon kuydiradi. Serjio bilan o'ynagan yosh futbolchilar, hujumchiga yoshlarga katta tasir o'tkazgani va ko'plab narsalarda yordam bergani, maslahatini ayamaganini takidlashdi. Pelisening o'zi ham murabbiylik faoliyatini boshlash haqida gapirgan, ammo dastlab bolalar bilan ishlash niyatidaligini malum qilgan.



Matteo Brigi

"Parma" tarbiyalanuvchisi "Fifa" simulyatorining qaxramonlaridan biri. Kim biladi deysiz, balki o'yin yaratilishida bevosita ishtirok etganlardan biri "Parma"ning ashaddiy muxlisi, balki Brigining tanishi bo'lgandir. Axir A Seriyada eng yaxshi deb topilgan futbolchining ko'rsatkichlari o'zining nuqtasida Jahonning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan Zinedin Zidannikidan yaxshiroq ekanligini boshqa qanday izohlash mumkin?  Nima bo'lganda ham Brigi chinakamiga jahon yulduzi darajasiga chiqa olmadi va Italiya milliy termasidan mustahkam o'rin ola bilmadi. Eng yaxshi davrlarini "Roma"da Luchano Spalletti qo'l ostida o'tkazdi va har doim mustahkam sog'lig'i, hamda kurashga chanqoqligi bilan ajralib turdi.

O'tgan yili u "Empoli" A Seriyaga chiqishida faol ishtirok etdi. Bu mavsum esa 10 ta o'yinda maydonga tushdi va hattoki gol urdi. Brigi o'ziga qolsa, jamoada yana bir yil qolishini aytib o'tdi. Lekin B Seriyaning o'ta tig'iz taqvimi Matteoga buyog'iga biroz qiyinlik qiladi. Brigi faoliyati davomida 525 o'yinda maydonga tushdi va 35 golurishga muvaffaq bo'ldi, shuningdek mamlakat bosh jamoasi libosida 4 uchrashuvda ishtirok etdi.



Andrea Barcali

2011 yil Barcali "Volfsburg"dan "Yuventus" o'tayotganda kuchli, lekin dangasa himoyachi hisoblanardi. O'zining ulkan iqtidori to'liq namoyon qila olmagan, va qila olmaydigan, arzirli hech qanday yutuqqa erisha olmaydi deyilgan futbolchi edi. O'tgan vaqt davomida Andrea 8 marta skudettoda zafar quchdi, o'sha dangasaligida A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi deb topildi, hamda bir necha bor tur ramziy termasidan joy egallagan. Aynan Barcali-Kellini-Bonuchchi uchligi Antonio Kontening g'alabalari poydevori bo'lib xizmat qilgan. U bu uchlikning etakchisi bo'lmasligi mumkin, lekin aynan u mushkul vaziyatda Kellini va Bonuchchining xatolarini yopibketa olardi. Butun bir tizim ishlashida har bir detalning ham o'z o'rni bor. Toskaniyalik bu yigit ortda qolgan mavsum kam o'yin o'tkazdi, lekin Allegri zarur pallada tajribali, kamtarin Andreaga murojaat qilishi mumkinligini bilib ishladi. 

Barcalining o'zi faoliyatining so'nggi o'yinini ECHL finalida o'tkazishni niyat qilgandi, o'xshamadi. Biroq ushbu sovrinsiz ham Andreaning faoliyatiga xavas qilsa arziydi. Kelajagi borasida u hech nima gapirmadi, lekin yaqin yillarda uni maydon chetidan shogirdlariga ko'rsatma berayotganini tasavvur qilish qiyin emas. Kostyum-shim, ko'ylak, rasmiy kiyinish uslubi Barcaliga yarashadi.



Muallif: Sergey Rumyancev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика