Xayr Avstraliya chempionati. Kengurular yurtida ham futbol to'xtatildi
24 mar 2020 10:47
Yangiliklar


Xayr Avstraliya chempionati. Kengurular yurtida ham futbol to'xtatildi
Avstraliya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli nomalum muddatga qoldirildi.
Bu haqda Avstraliya futbol federaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qaror mamlakat bo'ylab harakatlanish cheklanganligi va ko'pgina shaharlarda karantin joriy etilganligi bilan bog'liq. CHempionatning taxminiy davom etish sanasi 22 apreldir. Ammo, liga rahbariyati epidemiologik vaziyatni baholaganidan so'ng yangi qaror qabul qiladi.
Eslatib o'tamiz, Avstraliyada ayni paytda 1973 inson (dunyo bo'yicha 18-o'rin) koronavirusga chalingan bo'lib, ularning 8 nafari vafot etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar