So’nggi yangiliklar

13:15Биринчи давра таҳлили: Суперлигада ким энг самарали дарвозабон бўлди?  1 13:11Хвича "Реал"га қарши ўйин олдидан: "ПСЖ уларнинг барча футболчиларини ҳурмат қилиши керак"  0 12:48Энрике клублар ўртасидаги ЖЧ ярим финали олдидан: "Реал"ни таҳлил қилиш қийин – тактик жиҳатдан бу янги жамоа"  5 12:33"Пахтакор" дарвозасига урилган гол тўғри бекор қилиндими? Суперлиганинг 15-турида ҳакамлик муҳокамаси  12 11:59"Деярли ҳар куни йиғлардим"  10 11:40"Роналдунинг гол нишонлаши футболдан ташқарига ҳам чиқиб кетди..."  8 10:15"Галатасарой" Осимхенга даҳшат таклиф билан чиқди  7 09:43"Челси"ни финалга олиб чиққан Энцо Мареска нималар деди?  2 09:08Европанинг 4 та ТОП клуби “Реал“ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  9 08:37Финалга чиққан “Челси“ клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча ишлаб олди?  6 08:05“Сўғдиёна“ икки нафар легионери билан хайрлашди  0 07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Ньюарк аэропортига узоқ вақт қўнолмади  6 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  24 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  12 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1

"Xavotirga o'rin yo'q, tarkibga yoshlar jalb qilinadi" Yangiliklar

"Xavotirga o'rin yo'q, tarkibga yoshlar jalb qilinadi"

"Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi No'mon HASANOV qura, yangi mavsumga tayyorgarlik va tarkib haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qura haqida fikr bildiradigan bo'lsam, birinchi turda Jizzaxning  "So'g'diyona" jamoasiga qarshi maydonga chiqamiz. Bu klubni juda ham hurmat qilaman. Jamoa bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev ham yaxshi mutaxassis. Mavsumning ilk o'yini hayajonlarga boy qiziqarli o'tadi. O'z maydonimizda bo'lib o'tadigan bahsda muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. 

Tarkibda bu yil uslubimga mos keladigan futbolchilarni qoldirdim. O'zagi saqlanib qolindi. Yangi qo'shilgan ijrochilardan xursandman. Faqatgina, ularni yagona maqsad ostida birlashtirish qoldi. Hozir shuning ustida ishlayapmiz. Ming kuchli tarkib yig'ilgan taqdirda ham, jamoa bitta oila bo'la olmasa qiyin. 

“Serbiyalik futbolchilardan ko'ra, yoshlarni o'ynatsa bo'lmaydimi?” degan gap so'zlarni eshitdim. Jamoani ichida bo'lgan, holatni his qilgan odam gapirsa yarashadi. Bizning oldimizga aniq maqsad qo'yilgan. Yoshlar bilan bir nechta o'yinda mag'lub bo'lsak muxlislar meni noto'g'ri tushunadi. Hozirgi tarkibga albatta yoshlar qo'shiladi. Birdaniga yoshartirib bo'lmaydi. Masalan, Turkiya yig'inida bir nechta yoshlarni sinovdan o'tkazdik. Xavotirga o'rin yo'q, yoshlar jalb qilinadi. Ularga etibor beriladi",- deydi No'mon Hasanov.


Abdulaziz ISKANDAROV yozib oldi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика