Flamarion nima sababdan ko'p o'yinlarda qaydnomaga kiritilmagani va Gabriel Jezus bilan munosabati haqida gapirdi
07 iyu 01:43
Yangiliklar


Flamarion nima sababdan ko'p o'yinlarda qaydnomaga kiritilmagani va Gabriel Jezus bilan munosabati haqida gapirdi
Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Navbahor" (2:0) o'yinidan keyin mezbonlar hujumchisi Flamarion o'z fikrlarini bildirdi.
– Bugungi o'yin haqida fikringiz...
– G'alaba qozonganimizdan juda xursandman. Maqsadimiz – mavsumni g'alaba bilan yakunlash edi. Shunda tatilni bemalol o'tkazishga imkon bo'lardi. Xursandchiligimga yana bir sabab – gol urishga erishdim.
– Bundan avvalgi bir necha o'yinlarda qaydnomaga ham kiritilmadingiz, bunga murabbiylarning o'zgarishi sabab bo'lmadimi?
– Yo'q, menda jarohat bor edi. Bir muddat davolanish jarayoni o'tdi. Shu bois, qaydnomaga ham kiritilmadim.
– Siz "Palmeyras" klubi yoshlari tarkibida Gabriel Jezus bilan jamoadosh bo'lgan ekansiz. Hozir ham u bilan aloqangiz bormi?
– Yo'q, anchadan beri u bilan suhbatlashganim yo'q.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar