Xavi: "Kundening "Barselona" qaydnomasidan yo'qligi bizni xavotirga solmoqda. U bilan o'ynashi uchun shartnoma imzolaganmiz"
22 avg 2022 10:20
Yangiliklar


Xavi: "Kundening "Barselona" qaydnomasidan yo'qligi bizni xavotirga solmoqda. U bilan o'ynashi uchun shartnoma imzolaganmiz"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Real Sosedad" (4:1)ga qarshi La Liga 2-tur doirasidagi o'yin haqida gapirdi.
"Ushbu stadionda g'alaba qozonish doim qiyin. Ikkinchi taymda o'yinga yaxshi kirdik va farqni yuzaga keltirdik. Bu biz uchun juda muhim g'alaba, u mehnatimizni kuchaytiradi. Umuman olib qaraganda, yaxshi o'yin o'tkazdik deb o'ylayman. Kundening qaydnomada yo'qligi bizni xavotirga solmoqda. U bilan o'ynashi uchun shartnoma imzolaganmiz. Keyingi haftani kutamiz", — deydi Xavi.
Kataloniyaliklar 55 million evro evaziga "Sevilya"dan xarid qilingan himoyachi Jyul Kundeni ro'yxatdan o'tkaza olishmayapti.
"Barselona" ushbu o'yindan so'ng 4 ochko, "Sosedad" esa 3 ochkoga ega bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar