Xavi: "Kundening "Barselona" qaydnomasidan yo'qligi bizni xavotirga solmoqda. U bilan o'ynashi uchun shartnoma imzolaganmiz"

Alisher
22 avg 2022, 10:20
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Real Sosedad" (4:1)ga qarshi La Liga 2-tur doirasidagi o'yin haqida gapirdi.

"Ushbu stadionda g'alaba qozonish doim qiyin. Ikkinchi taymda o'yinga yaxshi kirdik va farqni yuzaga keltirdik. Bu biz uchun juda muhim g'alaba, u mehnatimizni kuchaytiradi. Umuman olib qaraganda, yaxshi o'yin o'tkazdik deb o'ylayman. Kundening qaydnomada yo'qligi bizni xavotirga solmoqda. U bilan o'ynashi uchun shartnoma imzolaganmiz. Keyingi haftani kutamiz", - deydi Xavi.

Kataloniyaliklar 55 million evro evaziga "Sevilya"dan xarid qilingan himoyachi Jyul Kundeni ro'yxatdan o'tkaza olishmayapti.

"Barselona" ushbu o'yindan so'ng 4 ochko, "Sosedad" esa 3 ochkoga ega bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca