Xavi: “G'alabaga haqli edik”
22 dek 2021 07:25
Yangiliklar
Xavi: “G'alabaga haqli edik”
La Liga doirasida o'tgan “Sevilya” – “Barselona” (1:1) uchrashuvidan keyin Xavi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Barsa” ikki ochko yo'qotdi. G'alabaga haqli edik, juda yaxshi o'ynadik. Jamoa shakllanib bormoqda va ko'p aspektlarda yaxshilanmoqda.
Omadimiz kelmadi. Gavining bosh bilan zarbasi, Dembelening zarbasidan keyin darvoza to'sini… Strategik tomondan “Sevilya” “Barsa”dan ustun. Bizda qiladigan ishlar bor. Jamoam bilan faxrlanaman, ammo durangdan emas.
Ushbu natija bizga yordam bermaydi. Taasurotlar yaxshi, ammo bugun uch ochko olish kerak edi. Yangi yilda ham buni amalga oshirishga harakat qilamiz”, deydi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar