Xavi Dembelening agentiga: "Agar shartnoma uzaytirilmasa, Usman endi "Barsa" uchun o'ynamaydi"
27 jan 2022 09:10
Yangiliklar


Xavi Dembelening agentiga: "Agar shartnoma uzaytirilmasa, Usman endi "Barsa" uchun o'ynamaydi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi vinger Usman Dembelening agenti Mussa Sissoko bilan uchrashdi.
Ispaniyalik murabbiy uchrashuvda futbolchini olib qolmoqchi ekanligini malum qilgan. SHu maqsadda unga yangi shartnoma taklif etilgan. Ammo kelishuv amalga oshmasligi oydinlashavergach, klub Dembeleni 31 yanvarga qadar sotib yuborish harakatiga tushgan.
Sissoko esa agar shartnoma uzaytirilmasa yoki qishda transfer amalga oshmasa oqibati nima bo'lishi bilan qiziqqan. Xavi esa bunga javoban: "Agar ikki variantdan biri tanlanmasa, u boshqa "Barsa" uchun o'ynamaydi" degan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar