Xaver Agirre Yaponiya terma jamoasini boshqarishi mumkin
26 iyu 2014 11:09
Yangiliklar
Xaver Agirre Yaponiya terma jamoasini boshqarishi mumkin
“France Press” agentligining malumotlariga ko'ra, meksikalik murabbiy Xaver Agirre Yaponiya futbol associaciyasi bilan muzokaralar o'tkazmoqda.
Eslatib o'tamiz, Yaponiyaning hozirgi murabbiyi – italiyalik Alberto Zakkeroni mundialda guruhdan chiqa olmagani sababli murabbiylik o'rnini bo'shatmoqchi. O'tgan mavsumda Agirre “Espanol”ni boshqargan. 2002 va 2010 yillarda esa Meksika terma jamoasini jahon chempionatining pley-off bosqichigacha olib chiqqan.
Fikrlar