So’nggi yangiliklar

13:33Перес: "Тони Кроосга ўхшашини топиш жуда қийин"  1 12:42Пулишич: "Чемпионлар Лигаси биз учун доим энг муҳим мусобақалардан бири бўлиб қолаверади"  0 11:59"Манчестер Сити" учун АПЛ кейинги ҳафта тугайди, агар..."  10 11:35Луис Энрикенинг шаҳсан ўзи Рэшфордни ПСЖда кўрмоқчи  2 11:12"Ньюкасл" Серхио Рамосга қандай шартнома таклиф қилиши маълум  1 10:44Шкриньяр "Ювентус" билан келишиб қўйди  1 10:19Каррагер: "Жамоа 2-3 йил ҳеч қандай соврин ютмаса ҳам, "Ман Сити" Пепни ишдан бўшатмайди"  3 09:55"Милан" "Эвертон" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 09:27"Бавария" "Барселона" собиқ вингерига қизиқиш билдирмоқда  1 09:00Флик Ямаль қачон сафга қайтишини маълум қилди  3 08:36Паулу Фонсека: "Бунга ҳаққимиз йўқ!"  1 08:11Викарио "Ман Сити"га қарши 60 дақиқа синган оёқ билан ўйнаган  1 07:49"Реал Мадрид" Мартин Субименди учун курашга киришди  0 07:25Венсан Компани: "Яқин йилларда ПСЖнинг қатор футболчилари Месси, Неймар ва Ибрагимович даражасига чиқади"  5 05:05Остон Ўрунов жамоаси Қатар клуби билан муроса кўчасини танлади  0

Xans-Yoaxim Vatcke bilan intervyu Yangiliklar

Xans-Yoaxim Vatcke bilan intervyu

Yakunlangan transfer oynasi Dortmundning “Borussiya” klubi tarixida eng faol kechgan davrga aylandi. 4 futbolchini sotib yuborgan jamoa 8 nafar yangi o'yinchi bilan shartnoma imzoladi.

“Der Westen” nashri muxbiri bilan suhbatda ijrochi direktor Xans-Yoaxim Vatcke transferlar va klub haqida berilgan savollarga javob qaytardi.


- Gyotce, Roys va SHyurrle bilan “Borussiya” oxirgi yillardagi eng yaxshi tarkibga egami?

- Bizda katta tanlovga ega yuqori saviyali ijrochilar mavjud. Oldin bizda bunday tarkib bo'lmaganiga qo'shilaman. O'ylashimcha, shu jamoa bilan katta g'alabalarga erishamiz. Lekin joriy yozda uch nafar asosiy futbolchimizni yo'qotib, o'rniga yoshlarni jalb etdik. Ular orasida eng kattasi 25 yoshda. Murabbiy ketganlarni almashtirib, qolgan futbolchilardan jamoa shakllantirishi lozim. U bu vazifani uddalashi kerak. Bunga vaqt zarurligini bilamiz. SHu sababli o'yinimizda pasayish bo'lgan taqdirda hayron bo'lmasligimiz darkor.

- SHyurrlening transferini tushunmaganlarga nima deyishni xohlardingiz?

- Ular buni bir yildan keyin tushunib olishadi.

- U ikki mavsumni ishonchsiz o'tkazdi, ammo klub SHyurrle uchun 30 million evro to'ladi.

- Hozir istalgan futbolchi qimmat turadi. Uni xarid qilishda boshqa transferlarda qilgan ishimizni amalga oshirdik: uning oxirgi ikki mavsumi emas, balki kelajakda o'sish imkoniyatini baholadik. 25-26 yoshga etmagan har bir futbolchini shunday baholaymiz. Andre SHyurrle klub etakchisiga aylanishi mumkin bo'lgan iqtidor sohibi sanaladi.

- Biroq uni kamroq pulga sotib olsa bo'lardi.

- Bu transferni Mario Gyotcening o'tishi bilan birga ko'rib chiqamiz. Ular bir-birini juda ajoyib to'ldiradi. Har ikkisini olishga darhol qaror qildik. Mario raqib himoyada zich o'ynayotganda ajoyib o'ynaydi. Andre esa yuqori tezlik sohibi. Faqat transferlarni amalga oshirish imkoni borligini bilmasdik. Xummels, Gyundogan va Mxitaryanning transferlaridan 100 million evro ishladik. Ularning yana bir yildan shartnomasi qolgandi. Bu shunchaki aqlsizlik. Mario va Andreni Bartraning transferi sababli olib keldik. Xummelsning o'rniga Bartrani kam summaga sotib oldik.

- Murabbiy Tomas Tuxel SHyurrleni “Borussiya”ga o'tishga ko'ndirdimi?

- Tomas Tuxel unga to'liq ishonadi. Murabbiydan ko'mak olganda futbolchi qanday ochilishini kuzatganman. Ajoyib misol - Raffael. Favr qo'l ostida u turli klublarda o'ynadi va barchasida etakchiga aylandi. Tuxel “Maync”da SHyurrle bilan ishlagan. Leverkuzenda u o'zini juda yaxshi ko'rsatdi. “CHelsi”da esa bunday bo'lmadi. SHunga qaramay, Andre gollar urish va to'p oshirishda davom etdi. Uning klubimizdagi ishlari yaxshi bo'lishiga ishonaman. SHveycariyadagi yig'in chog'ida uni yaqindan bildim. Yuqori saviyali futbolchi ekanini tushundim. U bizga mos keladi.

- SHyurrlening olib kelinishi Tuxelning yoqimtoyi sanalgan Mxitaryanning sotib yuborilishidan keyin yon berganingiz tufaylimi?

- Murabbiy Genrixning qolinishini istardi, albatta. Biroq hammasi narsani “Borussiya”ning o'zi hal qilmaydi. Biz uning qolishiga ishongandik.

- Qaerdan bunday ishonchga ega bo'lgansiz?

- U bilan muzokaralar tufayli. Genrix yomon yigit emas. Va u bizni aldadi deb ham bo'lmaydi. Suhbatimizdan uning Dortmundda qolishni istashi kelib chiqardi. Ko'pchilik bunda uning agentini aybladi. Mino Rayola sal g'alati, lekin u hamisha mijozining xohishini inobatga oladi. O'yinchi esa “Yunayted”da o'ynashni istadi. Boshqa tomondan Genrix uchun o'zimiz o'ylamagan summaga ega bo'ldik. 25 million evroni maqul narx deb hisoblagandim. Keyinroq Mxitaryan uchun ajoyib taklif oldik va bizda tanlov imkoni qolmagandi.

- Mxitaryandan xafamisiz?

- Undan Germaniya Kubogi finalida “Bavariya”ga qarshi uchrashuvda penalti tepmaganida xafa bo'lganman. Jamoa etakchilari har narsada birinchi bo'lishlari lozim. Biroq uning ketganidan xafa emasman.

- Nega?

- Klubdan ketgan futbolchilar Evropaning eng yaxshi besh jamoalaridan birini tanlashdi. Lekin yana minglab boshqa klublar va ularning o'yinchilari bor. Ular bilan shartnoma tuzishimiz mumkin. Mixael Cork hamda uning jamoasi o'yinchilarni izlab topishda professionallar va ular hali rivojlanishda oxirgi qadamni tashlashmadi. Hamisha barchani ortda qoldiryapmiz. Misol uchun, Rafael Gerreyro. Evropa chempionatidan so'ng uni ololmasdik. U bilan Franciya chempionatida biror o'yinda maydonga tushmagan paytda aloqaga chiqqandik. Usmon Dembele haqida ham shunday deya olaman. U o'z ustida ko'p ishlashi kerak, biroq u bilan kelishib bo'lganimizda Franciyada Dembele to'g'risida hech kim bilmasdi. Agar unga uch oy keyin murojaat qilganimizda hech narsa bilan qolardik. “Bavariya” va “Nyurnberg”ning ikkinchi jamoalaridan 4 million evro evaziga jalb etilgan Xummels va Gyundoganni sotdik. Bu ro'yxatga Levandovski, Kagavava Benderni kiritsa bo'ladi. Yana Yulian Vayglni unutmang. Uni bir yil avval olib keldik. Hozir Yulian Evropadagi eng yaxshi futbolchilardan biri sanaladi. O'zimizdan faxrlanishimiz mumkin.

- Ushbu yozda ko'p mehnat qilishingizga to'g'ri keldi.

- Hech qachon bizda bunchalik ish ko'p bo'lmagandi. O'zimda hammasini sinab ko'rdim. Uzoq vaqtdan beri ilk bor 14 kunlik tatil olib, Italiyaga jo'nab ketgandim. Ammo 4-kun rafiqam uyga qaytishimiz zarurligi, meni u erda ko'rmayotganini takidladi. Kun bo'yi ish bilan band bo'lib, telefonda suhbatlashib, yomon kayfiyatda edim. Tatilim 4 kunga cho'zildi. Mixael Cork ham shunday holatda bo'ldi. Qisqa vaqt oralig'ida ko'p ishga ulgurishimiz lozim edi. SHu yilning o'zida uch yillik ishni amalga oshirdik. Yana biz yakunlangan transferlar oynasiga tayyor emasdik.

- Tomas Tuxel “Borussiya”ning yo'lini tavakkalga asoslangan, siz esa maqsadli deb atadingiz. Nima uchun?

- Tomas Tuxel o'sha paytda “tavakkal” so'zining bunchalik portlash bilan qabul qilinishini bilmagandi. SHu sababli ikki kundan keyin bunga aniqlik kiritdim. O'rtamizda muammo yo'q. Unga barchasini izga tushirish uchun vaqt kerakligini aytmoqchi edi. U to'liq haq. Biroq yo'limiz tavakkal emas. Qolish uchun kurashayotgan paytni shunday atash mumkin.

- Tuxelning asosiy vazifasi tarkibdagi raqobatni kamaytirish, shunday emasmi?

- Bizda o'yinchilar ko'p. Talab qilinganidan 2-3 nafar ortiq. 12 yildan beri ishlayotgan bo'lsam, shundan 10 yilida futbolchilar kamligini eshitganman. Endi esa tarkibimiz keng. Katta raqobat muammo bo'lmasligi haqida menga savol berishmoqda. “Borussiya”da barchasi Evropaning boshqa top-klublari darajasida bo'lishi darkor: jamoa etakchisi ham o'ynashiga 100 foiz ishonch hosil qilishi kerak emas.

- Transferlar oynasidan keyin fikringiz o'zgardimi?

- Transfer bozoori har kuni aqlsiz ko'rinish olib bormoqda. Kimdir aqlga sig'maydigan summa bilan ishlashni istamasa, uning o'rni futbolda emas. TV bilan yangi shartnoma tufayli Angliyadan pullar bozorga tasir qilmoqda. Bundan arz qilishimiz kerak emas, chunki Germaniyada televideniega 12-14 million obunachi yo'q. Angliya bu taraflama bizdan ustun. Pulning ko'pligi yangi xo'jayinlarni sarmoya tikishga chorlamoqda. Bu bozorning o'sishini taminlaydi. Tezlik bilan bundan foydalanish darkor.

- Qanday qilib?

- G'oya bo'yicha nemis klublari ingliz jamoalarini ortda qoldiradi. Tanlagan yo'limizdan rivojlanishda davom etishimiz lozim. Ertami-kech bu ishqibozlar sonining oshishiga olib keladi. CHiptalar bo'yicha bundan o'sa olmaymiz. Keyingi yil chipta narxlari qadrsizlanishni inobatga olgan holda ko'tariladi. Muxlislar bir narsani tushunishlari kerak: Evrokuboklarda muvaffaqiyatga erishishni xohlasak, shaxsiy qobig'imizdan chiqishimiz darkor. Germaniyada chiptalar narxi barqaror qolishi zarur. “Borussiya”da shunday bo'ladi. Angliyada esa boshqacharoq. U erda hamma narsadan foyda olishga intilishadi. Tribunalarda o'yinni ko'rish uchun istalgan summani berishga qodir bank xo'jayinlari o'tiradi. Liverpulda oddiy ishchi sinfi qaytib stadionga tashrif buyurmaydi. Germaniyada vaziyat o'zgacha. Bir kun Angliyada noto'g'ri yo'l tanlashganini tushunib etishadi. APL klublari kelib chiqishidan uzoqlashib ketishdi. Biroq milliy sovrin uchun keskin kurash kechishi hal qiluvchi jihat sanaladi.

- Biroq Evrokuboklarda inglizlar muvaffaqiyatga erisha olishmayapti.

- UEFA koefficentlari aldamaydi. “Borussiya” unda 8-pog'onada va Bundesligadan ikkinchi jamoa sanaladi. Eng yaxshi homiylar dastlabki o'n klublar bilan shartnoma imzolashadi. Xorijiy homiylar bilan suhbatlashganingda ular UEFA reytingiga qarashadi, Bundesliga jadvaliga emas. Biz “Yunayted”, “Siti” va “Liverpul”ni bu jadvalda quvib o'tsak, bu muzokaralar chog'ida hal qiluvchi narsaga aylanadi.

- “Borussiya” yana nimalarda o'sishi lozim?

- Xalqaro translyaciyalarda. “Bavariya” yozda Osiyo va AQSHga borganda stadionlarda nima ro'y berganini eslayman. Yana homiylarni jalb qilishda ishlashimiz shart. Kelasi mavsumda pul aylanmasini 400 million evroga etkaziga intilamiz. Faqat buni muxlislar hisobiga amalga oshirmaslik kerak.

Mavsumda 55 ming abonement sotamiz. Qolgan klublarda bu 30 mingdan ortmaydi. Germaniya Superkubogi o'tgan kuni kunlik aylanmamiz rekord 400 ming evroga teng bo'ldi, chunki ungacha 15 ming abonent sotgandik xolos. Qolgan chiptalar kassalarda sotildi. Lekin bunday daromaddan voz kechamiz. CHunki bizda Bundesligada 18-o'rinda yurgan paytimizda ham birga bo'ladigan eng sodiq ishqibozlar bor. Bu bizning madaniyatimiz va undan voz kecholmaymiz.

- Rummenigge yaqinda Bundesligada top-o'yinchilar juda ko'p o'yin o'tkazayotgani va Germaniya terma jamoasida homiylar tadbirlariga ko'p vaqt sarflashayotganini takidladi. Uni bu masalada qo'llaysizmi?

- To'liq! Uning fikrlariga qo'shilaman. Yanvar yoki fevral oyida futbolchi Germaniya terma jamoasi homiysi reklamasida suratga tushayotgani yoqmaydi. Bu ish ketmaydi va holatni futbol ittifoqi bilan kelishib olamiz. O'yinchini shunchaki qo'yib yubormasligimiz ham mumkin. CHunki ularning huquqi klubga tegishli. Hech kimga tazyiq o'tkazishni xohlamaymiz. Bizda bu holatda harakat qilish uchun imkoniyat mavjud. Tushunaman, futbol ittifoqi ko'proq homiylarni jalb etishi darkor, ammo turnirga 4-5 oy qolganda emas. Barcha klublarning ittifoq bilan munosabatani ko'rib chiqishimiz kerak.

- Balki, bu homiylarning muammosidir?

- Albatta. Homiylar klublarga, klub esa futbolchilarga pullar to'laydi. Germaniya futbol ittifoqi esa o'yinchilardan o'zi pul ishlashi uchun foydalanadi. Bunday bo'lmasligi lozim. Hech kim pullarni bo'lishish haqida gapirmayapti, chunki buning foydasi yo'q. Poziciyani aniqlab olish kerak. Bu qanday rivojlanishini kuzatamiz.

- “SHalke” sport menejeri KristianXaydel bilan munosabatingiz qanday?

- O'ylashimcha, u “SHalke”ning 3-o'ringa qaytishiga yordam beradi. 10 yil avval “SHalke” “Borussiya”ni barcha jabhada ortda qoldirardi. Ular g'alabalarga erishishdi, byudjeti biznikidan ko'p edi. Hozir hammasi o'zgardi. Kristian har bir so'zi oltinga teng katta klubda paydo bo'ldi va unga katta bosim tushadi. Lekin unda klub bilan muvaffaqiyatga erishish uchun barcha narsa bor. Derbidan keyin u bilan suhbatlashib olamiz deb o'ylayman.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика