Dortmundning "Borussiya" klubi Superligada ishtirok etishni rad etdi

Alisher
19 apr 2021, 16:37
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh direktori Xans-Yoaxim Vatcke nemis klubi Superliga ro'yxatiga kirmasligini aytdi.

"Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) kengashi a'zolari yakshanba kuni kechqurun virtual konferenciyada yig'ilishdi va o'tgan juma kuni qabul qilingan kengash qarori o'z kuchida qolishini tasdiqladilar. Ushbu qaror klublarning UEFA Chempionlar Ligasida ko'zda tutilgan islohotni amalga oshirishni istashini anglatadi. ECA kengashi a'zolari Superligani yaratish rejalarini rad etishdi", - deydi Vatcke.

"Borussiya" bosh direktori ECA kengashida qatnashgan ikkala nemis klubi ham ("Bavariya" va "Borurssiya") barcha muhokamalarda "yuz foiz bitta fikr" namoyish etishini ta'kidladi.

→ LIVE  Yevropa Superligasi. Musobaqa borasidagi barcha xabarlar bitta sahifada


AlisherMuallif
Manba: bvb.de