Xans-Yoaxim Vatcke Xoland borasidagi mish-mishlarga javob berdi

Mirjalol Normatov
30 mar 2022
Dortmundning "Borussiya"si bosh direktori Xans-Yoaxim Vatcke hujumchi Erling Xolandning "Manchester Siti"ga o'tishi mumkinligi borasidagi gap-so'zlarga javob berdi.

"Mish-mishlarga javob beraverib charchadim. Hammasiga javob qaytaraversam, 36 soat ham yetmaydi.

Hozircha klubdan biror inson menga taklif bilan chiqqanicha yo'q. Hech kim! Agarda "Manchester Siti" Xoland uchun bu erga kelsa, klubga moliyaviy to'siq qo'ya olmasak kerak", - dedi Xans-Yoaxim Vatcke.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild