Xans-Yoaxim Vatcke: “Bavariya”ning tarkibi kuchliroq”
11 noy 2013 16:51
Yangiliklar


Xans-Yoaxim Vatcke: “Bavariya”ning tarkibi kuchliroq”
Dortmundning “Borussiya” klubi ijroiya direktori Xans-Yoaxim Vatcke, 23 noyabrda “Bavariya”ga qarshi bo'lib o'tishi kutilayotgan bahsda, qaysi bir jamoa favorit hisoblanishini takidlab o'tdi.
“Bavariya”ning tarkibi “Borussiya”nikiga qaraganda kuchliroq. Bundan tashqari myunxenliklar mana 37 o'yindan beri mag'lubiyat nima ekanligini bilmay kelishmoqda va chempionatda etakchilikni saqlab turishibdi. “Bavariya – favorit. Biroq biz faqatgina bu o'yin bilan to'xtalib qolmaymiz, chunki oldinda juda ko'p o'yin bor”, - Vatckening so'zlarini keltiradi sport1.de.

Fikrlar