"Mashal"ning bir nechta etakchisi bugungi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi
01 avg 2025 10:27
Yangiliklar
"Mashal"ning bir nechta etakchisi bugungi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi
“Paxtakor”ga qarshi bahsda jamoa sardori Xumoyun Murtozaev, shuningdek, asosiy tarkib futbolchilari Nurjahon Muzaffarov, Anvar Murodov va Shaxboz Jo'raev jarohatlari sabab maydonga tusha olmaydi.
Jamoa shifokorlarining malum qilishicha, futbolchilar turli darajadagi jarohatlar tufayli tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda va ularning sog'lig'ini to'liq tiklash birinchi o'rinda turibdi. Bu yo'qotishlar, albatta, murabbiylar shtabi uchun jiddiy muammodir, chunki yuqorida tilga olingan futbolchilar jamoaning asosiy tayanchi hisoblanadi.
Shunday bo'lsa-da, jamoa murabbiylar shtabi qolgan futbolchilarga ishonch bildirib, Paxtakorga qarshi bahsda kurashuvchan va harakatchan o'yin ko'rsatishni maqsad qilgan. Yoshlar uchun bu yaxshi imkoniyat – o'zini ko'rsatish va asosiy tarkib uchun davogarlik qilish.
Uchrashuv bugun kechqurun bo'lib o'tadi va barcha muxlislarni jamoamizni qo'llab-quvvatlashga chorlaymiz. Qiyin vaziyatlarga qaramasdan, g'alaba uchun kurash to'xtamaydi!", - deb bayonot berilgan klub matbuot xizmati tomonidan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar