Superliga. Bugun 2-davraga start beriladi
01 avg 08:01
Yangiliklar
16-turning ilk kungi bahslarida "Buxoro" OKMKni mehmon qiladi. Ushbu jamoalarning Olmaliqda bo'lib o'tgan bahsida Mirjalol Qosimov shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozongandi. Uchrashuv 20:00 ga belgilangan.
"Buxoro" – OKMK
01.08.2025, 20:00
Bosh hakam: Axrol Risqullaev
Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Zaxira hakami: Muhammad Baxtiyorov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
VAR: Firdavs Norsafarov
AVAR: Elnur Doniyorov
Komissar: Sherzod Rajabov
Kunning ikkinchi bahsi G'uzorda bo'lib o'tadi. Unda "Mashal" "Paxtakor"ni mehmon qiladi. Yil boshidan so'ng har ikki jamoada bosh murabbiy o'zgargan klublar o'rtasidagi bahs 20:00 da start oladi. Ushbu jamoalarning Toshkentdagi bahsi "sherlar"ning yirik 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangandi.
"Mashal" – "Paxtakor"
01.08.2025, 20:00
Bosh hakam: To'rabek Suyunov
Yordamchi hakamlar: Shohnur Yuldoshev, Sardor Umrzoqov
Zaxira hakami: Feruzbek Hidoyatov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Akmal Giyasov
Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar