"Nasaf" futzal jamoasi uch nafar Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi azolari bilan shartnoma imzoladi
01 avg 08:32
Yangiliklar


"Nasaf" futzal jamoasi uch nafar Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi azolari bilan shartnoma imzoladi
"Nasaf" futzal jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
"Jamoamiz mahalliy futzalchilar bilan bir qatorda xorijlik tajribali futzalchilarni ham safga qo'shib oldi.
"Bugun Qirg'iz Respublikasi futzal terma jamoasining uch nafar azosi — Erjan Baxtibekov, Ulanbek Chorobek va Ernest Saipidnov, shuningdek, mahalliy futzalchi Odiljon Asamov bilan rasmiy shartnomalar imzolandi.
Ushbu to'rt nafar futzalchi "Nasaf" bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi va yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi.
Erjan, Ulanbek, Ernest va Odiljon! Klubimizga xush kelibsiz! Sizlarni "ajdarlar" oilasida ko'rib turganimizdan mamnunmiz. Yangi mavsumda barcha futzalchilarimizga omad tilaymiz!", - deb fikr bildirilgan qarshiliklar tomonidan taqdim etilgan xabarda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar