So’nggi yangiliklar

03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  1 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  1 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  14 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  0 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  14 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1

Xannes Xaldersson: “2004 yil Islandiya uchinchi ligasida zaxirada o'tirardim” Yangiliklar

Xannes Xaldersson: “2004 yil Islandiya uchinchi ligasida zaxirada o'tirardim”

Evropa chempionatida Islandiya terma jamoasi darvozaboni va rejissyor Xannes Tour Xaldersson o'zini ko'rsatdi.

“Sports.ru” saytiga bergan intervyusida posbon o'zining futbolga kiribi kelishi va hayoti xususida berilgan savollarga javob qaytardi.

- Xannes, necha yoshda futbolga qiziqishni boshlagansiz?
- Bolaligim mashg'ulotlarda o'tgan, chunki futbol bilan 6 yoshimdan shug'ullanishni boshlaganman. Terma jamoamiz yuqori saviyada o'ynamagan bo'lsa-da, Islandiya aholisi hamisha futbolga qiziqqan. Qo'shni bolalar ham futbol bilan shug'ullanishardi. Bizning murabbiy yaxshi edi. 7 yoshda haftasiga 4-5 kun mashg'ulotga borardik.

- Oilangiz futbolga qanday munosabatda bo'lgan?
- Futbolni faqat men yoqtirib qolmagandim. Otam ham darvozabon bo'lgan. SHu sababli uyimiz yonida turli narsalarni o'rgatib, kerakli mashqlarni bajartirardi. Ular unchalik qiyin emasdi va bir necha soat mobaynida o'zim mashqlarni ado etardim. Buning uchun menga devor va futbol to'pi kerak bo'lardi xolos. Darvozabonlar mashg'ulotiga borish uchun yoshim kichik bo'lgani sababli hovlimizda texnikamni oshirardim. Faqat 20 yoshda darvozabon uchun zarur jihatlarni professional tarzda o'rganish imkoniyati paydo bo'ldi.


- Sizga eng ko'p yoqqan posbon kim?
- Bolalikda Peter SHmeyxelning o'yinlariga havas qilardim. U kumirim edi va menga ilhom bergan. U kabi bo'lishni istagandim. Yana meksikalik Xorxe Kampos yoqqan. Uning bo'yi baland bo'lmagan, lekin 1998 yil aql bovar qilmas sakrashlarni amalga oshirgan.

- Sizga SHmeyxel yoqqan bo'lsa, “Yunayted” ishqibozidirsiz?
- Yo'q, sevimli klubim doimo “Liverpul” bo'lgan. Bu jamoada do'stim yo'q, ammo Belgiya bilan o'yindan keyin Minole bilan liboslarimizni almashtirganmiz. Yaxshi jamoalar o'ynashini yoqtiraman, biroq futbol mening ishim. SHuning uchun bo'sh vaqtimda deyarli uchrashuvlarni tomosha qilmayman. 1990 yil ko'rgan ilk jahon chempionatimni yaxshi eslayman. O'shanda olti yoshda bo'lganman. Germaniya terma jamoasi libosida har joyda yugurib yurgandim, chunki yirik musobaqalarda hamisha nemislarga muxlislik qilganman.

- 14 yoshda futbol bilan xayrlashishingiz mumkin edi. Otangiz bilan snoubordda elkangizni jarohatlab olgansiz.
- Ha, shunday bo'lgandi. Bu ilk bor 14 yoshda ro'y berdi va keyin yana takrorlandi. Besh yil davomida. Har yili elkamni jarohatlab, futbol bilan shug'ullanmasdim. Faqat 19 yoshda yaxshi operaciya qilishdi va o'shandan beri muammolarga duch kelmadim.

- Futbolsiz olti yil og'ir o'tganmi?
- Operaciya bir marta bo'lgan, ammo elkamdan har yili jarohat olganman. Har safar tiklanish uchun bir necha oy ketgan. Deyarli taslim bo'lgandim, ammo 2005 yil sobiq murabbiyim shug'ullanish uchun meni jamoasiga chaqirgan. O'shanda filmlar bilan mashg'ul bo'lib, futbolga etibor qaratmayotgandim. O'shanda bunga rozi bo'ldim va futbolchi sifatida o'sishni boshladim. SHu tariqa Islandiya quyi ligalarida paydo bo'ldim. Avval qanday posbon bo'lganimni hech kim bilmasdi. To'rtinchi diviziondan boshlaganman. Saviya juda past edi. Yakunda maqsadimga erishdim. 23 yoshda Islandiya bosh ligasida ilk o'yinimda maydonga tushdim.
Yaqinda o'sha paytlarni esladim. 2004 yil Ronaldu Evropa chempionati finalida o'ynagan paytda men Islandiya uchinchi ligasi zaxira o'rindig'ida o'tirardim. Endi esa bir-birimizga qarshi o'ynayapmiz. Bundan faxrlanaman. Futbol botqog'idan shunchalik yuqoriga sakradimki, hozir eng yaxshi o'yinchilar bilan eng yaxshi stadionlarda o'ynayapman.


- Kinodagi birinchi ishingiz haqida aytib bersangiz.
- 12 yoshimda birinchi filmimni suratga oldim – “Suzuvchi odam” nomli superqahramon aks etgan komediya. Hozir ko'plab multfilm va komikslar bor, o'sha paytda qahramonim juda g'alati ko'rinardi. U bank o'g'rilari bilan kurashgan 5 daqiqalik film tayyorlaganman.

- 21 yoshda 105 kilogramm tosh bosgansiz. Ortiqcha vazndan qanday qutulgansiz?
- Bu og'ir va uzoq mehnat mahsuli. Har kuni shug'ullandim, o'zim uchun qo'shimcha mashg'ulot ishlab chiqdim, yuklamani asta-sekin ko'paytirib bordim. SHundagina menda ozish va muvaffaqiyatli bo'lish imkoni yuzaga keldi. Og'ir mehnat natija berishiga ishonaman. Oxirgi 15 yilda shunday yashadim. Eski suratlarni ko'rganimda kulib qo'yaman. O'zimni o'zgartirib, futbol bilan shug'ullanishda davom etganim qanday ajoyib!

- Yoshlar terma jamoasiga murabbiylarini sizni ko'rishga kelishlari uchun xat yozganingiz rostmi?
- Barchasini o'zim qilishga va murabbiylarga kim ekanim haqida aytib berishga odatlanganman. 21 yoshda yaxshi o'ynayotganimni tushundim. Bu yoshlar termasidan joy olish uchun oxirgi imkon edi. Avval mamlakatim uchun o'ynamagandim. Murabbiyga meni kelib ko'rishi haqida elektron xat yubordim. U ishlashda davom etsam, etibor qaratishini aytdi. Biroq u meni yig'inga chaqirmadi.

- Uzoq vaqt filmlar bilan shug'ullanishda davom etdingiz. Ikki ishni birga olib borish qanchalik qiyin kechgan?
- Bu juda qiyin bo'lgandi. Ayniqsa, Islandiya termasi uchun o'ynagan davrimda. Island klublari yarim professional bo'lishiga qaramay, biz xuddi professional jamoalardek ko'p shug'ullanamiz. Menda to'liq ish borligi sababli har narsaga ulgurishga urinardim. Boshlig'im har kuni tushdan keyin mashg'ulotga ketishimdan norozi edi. Murabbiy esa klip ustida ishimni bitirib olish uchun bir kun qo'shimcha hordiq so'rashimdan charchagandi.

- Bu charchoq tufayli muammolar ro'y berganmi?
- Rejissyorlarda futbolchilardan farqli ravishda oxirgi kunlar belgilangan. Va ularni doimo nazorat qilolmasdim. Ishlar shunchalik ko'payardiki, bazan yig'in yoki terma jamoa o'yinlariga kompyuterni o'zim bilan olishimga to'g'ri kelardi. SHikoyat qilishni yoqtirmayman, chunki futbol va filmlar yaratish juda ajoyib mashg'ulot. Ularni birgalikda olib borish juda qiyin. SHu sababli 29 yoshda futbol bilan to'liq shug'ullanib, rejissyorlik ishidan chetlashib turishimga to'g'ri kelganda xursand bo'lganman. Kech bo'lgandir, ammo buni baribir amalga oshirdim.

- Filmlaringiz haqida aytib bersangiz.
- Hayotimda yuzlab reklama roliklari, uch teleserial va bir qator musiqiy kliplarga rejissyorlik qilganman.

- “Evrovidenie-2012” singarimi?
- O'shanda island ijrochilari klip olishda yordam berishimni so'rashdi. Menga qo'shiq yoqdi va uni taqdim etishda ajoyib g'oya bor edi. Bu juda ajoyib bo'lgan!

- Rejissyorlik ishi bilan bog'liq orzungiz bormi?
- Kelajakda katta kartinalar bilan mashg'ul bo'lmoqchiman, reklama roliklari bilan emas. Orzum – futbolchilikni tugatgandan keyin katta badiiy film suratga olish. Scenariy ustidan bir necha yildan beri ishlayapman. Bu tabiiy dihshatli film bo'ladi.


- Uch yil avval Islandiya SHveycariyaga qarshi o'yinda 1:4 hisobida yutqazayotib, 4:4 hisobida durang o'ynagan. O'sha bellashuvni eslaysizmi?
- Ha, uni juda yaxshi eslayman. O'shanda saralash bosqichida natijalarimiz yaxshi edi, hech qachon o'shanday ajoyib o'ynamagandik. Yaxshi jamoaga 4 gol urib, muhim ochkoni ishladik. O'sha uchrashuvdan keyin Islandiya uchun imkonsiz ish yo'qligi va har qanday raqib bilan natijaga erishish mumkinligini tushundik. Bu jamoa sifatida o'sishimizda muhim lahzaga aylandi.

- Evropa chempionatini jarohat bilan o'tkazib yuborish xavfi bo'lgani to'g'rimi?
- Ha, bunday scenariyga juda yaqin kelgandim. Kuzda boshqa bir elkamni jarohatlab oldim. Darhol operaciya qilishdi va olti oycha tiklanishni o'tadim. Evropa chempionatiga esa 8 oy vaqt qolgandi. Klubda o'yin amaliyoti bo'lishini bilmasdim. Baxtimga sinovdan yaxshi o'tdim va Franciyaga bordim.

- Evro-2016 siz uchun nimani bildiradi?
- Biz bilan sodir bo'lgan eng yaxshi voqea. Umrimda “Stad de Frans” kabi stadionda o'ynamagandim. Bunga ishonish qiyin edi.

- Islandiya turnir oldidan oldiga qanday vazifa qo'ygandi?
- Saralash bosqichidan yaxshi o'tdik va kamroq xato qilishda davom etib, uyushqoq jamoaga aylanishni istagandik. Qanday o'ynashimizni bilardik, chunki hamisha bir xil o'ynaymiz. Maydonda borimizni beramiz, kuchimizdan foydalanib, har bir imkoniyatdan foydalanishga urinamiz. O'z o'yinimizni ko'rsata olsak, har qanday raqibni engishimizni tushunib etgandik.

- Islandiya Angliyani mag'lub etgan kunni eslaysizmi? O'shanda nima qilgandingiz?
- Niccaga o'sha o'yin uchun parvozimiz yodda qolgan. Samolyotda o'tirib, musiqa tingladim va o'zimni haqiqiy baxtli his qildim. Hech kim bosimni his qilmasdi. SHuning uchun eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatib, inglizlarni dog'da qoldirdik. Keyin kiyinish xonasida dahshatli kecha boshlandi, biz baland ovozda islandcha musiqa qo'ygandik.


- Murabbiy sizlarga nima degandi?
- O'yingacha u shunday dedi: “Agar Angliyani mag'lub etsak, bu barchamizning hayotimizni o'zgartiradi”. Bu u aytgan eng muhim gap edi. Yakunda shunday bo'ldi ham.

- Islandiyalik muxlislar qo'llagan uslub haqida aytsangiz.
- Uni saralash o'yinlarida boshlagandik – jamoa uchun bu ajoyib kuch edi. odamlar bir xil harakatni takrorlaganda birdamlikni his qilishadi. SHu sababli bizni qo'llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimiz bilan birga bo'ldik.

- Mashhur sharhlovchini shaxsan taniysizmi?
- O'yindan keyin o'sha videoni ko'rdik va qattiq kuldik. Bu quvnoq holat bo'lgandi. U oldin futbol o'ynagan va hozir Islandiyada murabbiy bo'lib ishlamoqda. Butun jamoa uni oldindan yaxshi bilardi. Keyin u ko'plab qo'ng'iroqlarga javob berishiga to'g'ri keldi va juda band bo'ldi. Evro-2016 uning hayotini ham o'zgartirib yubordi.

- Islandiyaning muvaffaqiyatini ko'pchilik ertak deb atamoqda. Bu ertakmi yoki aniq olib borilgan ish mahsulimi?
- Har ikkisi. Birinchi navbatda mashg'ulotlarda qattiq ishlaganimiz, to'g'ri ishtiyoq, iqtidorli futbolchilar va g'oliblik ruhi qo'l keldi. Bu tasodif emas. Barchasi to'g'ri keldi va o'zimizga ertak yaratdik.
Aholi soni 330 ming bo'lsa-da, hamisha ko'p mashq qilamiz va oz ekanimiz to'g'risida o'ylamaymiz. Kichik davlatmiz, demak futbolda katta maqsadlarga erishish uchun odamlar ko'p emas. Biz faqat kuchimizga umid qilamiz: to'g'ri ruhiyat, o'ziga ishonch va ko'p ishlash kerakligini tushunish.

- Islandiyani juda mashhur joyga aylantirdingiz. Qaerga tashrif buyurishni maslahat berasiz?
- Reykyavikka aniq borish lozim. U erda havoga ko'tariladigan qaynoq manbalar bor. Ajoyib moviyrang suvli joylar. Vaqt qolsa, mamlakat bo'ylab sayohat qilish mumkin. Islandiyada tabiat ajoyib va yirik shaharlarda tungi hayot juda ajoyib.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика