Xames Qatardan vataniga qaytishi mumkin
26 mar 2022 19:45
Yangiliklar


Xames Qatardan vataniga qaytishi mumkin
Qatarning "Al Rayyan" klubi va Kolumbiya terma jamoasi vice-sardori Xames Rodriges faoliyatini o'z mamlakati chempionatida davom ettiradi.
Manbaga ko'ra, 30 yoshli hujumkor yarim himoyachiga "Atletiko Xunior" davogarlik qilmoqda.
Yarim himoyachi 2021 yilning yozida Qatar klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzgan edi. Transfermarkt portali uni 15 million evroga baholayapti.
Rodriges faoliyati mobaynida "Banfild", "Portu", "Monako", "Real", "Bavariya" va "Everton" klublari sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar