Xalqaro CHempionlar Kubogi. “Benfika” “Fiorentina”ni mag'lub etdi
25 iyu 2019 08:14
Yangiliklar
Xalqaro CHempionlar Kubogi. “Benfika” “Fiorentina”ni mag'lub etdi
O'yinda hisobni 9-daqiqada Lissabon klubi hujumchisi Haris Seferovich ochgan bo'lsa, 29-daqiqada Vlaxovich florenciyaliklarning javob golini kiritdi. O'yinga yakuniy nuqtani esa 90-daqiqada Kayo qo'yib, “Benfika”ning g'alabasini taminladi.
“Fiorentina” — “Benfika” 1:2
Gollar: 0:1 – 9 Seferovich, 1:1 – 29 Vlaxovich, 1:2 – 90 Kayo.
Fiorentina – Terrachchano (Drongovski, 46), Terzich (Biragi, 46), Raneri, Venuti (Dabo, 80), Milenkovich (Xristov, 68), Benassi (Lakti, 80), Kastrovilli (Esserik, 68), Saponara (Jurkovski, 68), Kristoforo (Baes, 80), Sottil (Keza, 46), Vlaxovich (Simeone, 68).
Benfika – Zlobin (Svilar, 46), Fransishku Ferreyra, Grimaldo, Diash, Nunu Tavaresh, Rafa Silva (Kayo, 81), Florentinu (Feysa, 74), Pires (Joau Filipe, 81), Picci (Taarabt, 74), Seferovich, de Tomas (SHikinyu, 80).
Ogohlantirishlar: Diash (39), Rafa Silva (48), Raneri (50), Pires (57), Biragi (67).
Fikrlar