"Xall Siti" "CHelsi" futbolchisini ijaraga oldi
26 iyu 2021 13:34
Yangiliklar
"Xall Siti" "CHelsi" futbolchisini ijaraga oldi
"CHelsi" darvozaboni Natan Bakster faoliyatini "Xall Siti"da davom ettiradi.
"Yo'lbarslar" 22 yoshli angliyalik futbolchini bir yilga ijaraga olishdi.
O'yinchining "ko'klar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt uni 300 ming evroga baholamoqda.
Bakster 2020/21 yilgi mavsumni "Akkrington"da ijarada o'tkazdi. U Birinchi ligada 16ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 14ta to'p olib chiqdi.
Fikrlar