"Real" muxlislari uchun xushxabar

Alisher Ostonov
22 iyun 2025, 13:55
"Real" hujumchisi Vinisius Junior klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

Bu haqda klublar o'rtasidagi jahon chempionati yakunlangach rasman e'lon qilinadi.

Vinisius "Real"da 2018 yildan buyon o'ynab kelmoqda. U o'tgan mavsum Madrid klubi safida 53 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U "Real" safida jami 317 ta o'yin o'tkazib, 105 ta gol va 82 ta golli uzatma qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Marca