So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  15

Xalk, Karrasko, Bakambu... Xitoy chempionatini kuzatishga sabab bo'la oladigan 10 futbolchi Yangiliklar

Xalk, Karrasko, Bakambu... Xitoy chempionatini kuzatishga sabab bo'la oladigan 10 futbolchi

Xitoyda qishki transferlar oynasi 28 fevral kuni yopiladi.

Bu safar ham muxlislar xitoyliklarning aqlbovar qilmas xaridlarini kuzatib borishdi. Nikolas Gaytan, Yannik-Ferreyra Karrasko va Sedrik Bakambu Xitoy chempionatiga transfer qilindi. Undan oldin Xaver Maskerano ham o'sha erga etib bordi. Yangi futbolchilar orqali mamlakat milliy chempionati yanada qiziqroq bo'ladi.

"Tajribalilar"

Xalk ("SHanxay SIPG" — 43 o'yin, 31 gol, 13 assitentlik)

Braziliyalik futbolchi 2016 yili "Zenit"dan "SHanxay SIPG"ga o'tgandi. O'sha mavsumda u jarohati sababli faqatgina 7 uchrashuvda maydonga tushdi va 5 to'p kiritishga erishdi. O'tgan mavsumda 17 gol urdi, biroq bu asosiy to'purar bo'lish uchun etmadi. SHundoq ham uning natijalari yaxshi: gollar va assistentlik juda ko'p. U o'z muxlislarini xursand qilishda davom etmoqda.



Oskar ("SHanxay SIPG" — 22 o'yin, 3 gol, 9 assitentlik)

Oskarning Xitoydagi debyut mavsumi xuddi jamoasi kabi unchalik sermahsul bo'lmadi. Biroq u "gol+pas" tizimida faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd eta oldi. Oskar maydonda "nayzaning uchi" hisoblanmaydi, tezkor qarshi hujum usiz tashkillashtiradi. Boshqa futbolchilar orqali boshlanadi. Milliy chempionat boshlanishiga 2 kun qolganida futbolchi vada berdi: u jamoasi oltin medal qo'lga kiritmaguncha, hech qaerga ketmaydi.



Eran Zaxavi ("Guanchjou Fuli" — 45 o'yin, 38 gol, 12 assitentlik)

Bir vaqtlar Italiyada u o'zini ko'rsata olmagandi, Xitoyda esa yaxshi harakat qilmoqda. Xuddi Xalk kabi u ham Xitoy superligasida bir yarim yildan buyon harakat qilmoqda. O'tgan mavsumda u 27 gol kiritishga erishdi va eng yaxshi to'purar bo'ldi. Jamoasi "Guanchjou Fuli" bronza medal sohibidan 2 ochko kam jamg'arilgan holda 5-o'rinni egalladi.



Aksel Vitsel ("Tyanczin Cyuanczyan" — 27 o'yin, 4 gol, 2 assitentlik)

Yana bir Rossiya chempionatida to'p tepgan futbolchi o'tgan mavsumda Xitoy jamoasiga o'tib ketdi. U "Zenit"da Evropa qitasidagi faoliyatini davom ettirishni istamadi. Tasavvur qiling, bu klubdan ko'ra "Yuventus" tarkibida o'ynash biroz yoqimliroq. SHu boisdan Vitsel Piter jamoasida o'ynash ishtiyoqini yo'qotdi, buni o'zi ham etirof etdi. Endi u jurnalistlarga yuragi Rossiyaga ko'nikib qolganini, Osiyo qitasiga moslashish qiyin kechayotganini aytib o'tdi. Hozircha uning Evropa qitasiga qaytish niyati yo'q. U asosiy tarkibdan joy olgan va yiliga 18 mln evro maosh oladi.



Vu Ley ("SHanxay SIPG" — 224 o'yin, 94 gol, 19 assitentlik)

Vu "SHanxay SIPG"dagi faoliyatini klub 3-diviziondaligida boshlagan. Uning hisobida 2 rekord bor. Birinchisi - rasmiy o'yinda maydonga tushgan Xitoyning eng yosh futbolchisi (14 yosh, 287 kun). Ikkinchisi - rasmiy o'yinda gol kiritgan eng yosh futbolchi (16 yosh 289 kun). Endilikda Vu Ley Xalk, Oskar, Elkeson, Odil Ahmedov kabi futbolchilar bilan elkama elka to'p tepmoqda. O'tgan mavsumda u 20 gol bilan chempionat to'purarlar jadvalida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Xitoyda faqatgina mashhur legionerlarga emas, mahalliy futbolchilarga ham etibor qaratish kerak.



Esekel Lavessi ("Xebey CHayna Forchun" — 43 o'yin, 22 gol, 23 assitentlik)

PSJdan ketgan Lavessi katta maosh evaziga Xitoyga jo'nadi. Bu 2016 yilda sodir bo'lgandi. Norasmiy malumotlarga ko'ra, argentinalik futbolchi Xitoyda 50 mln evroga yaqin mablag' ishlab topmoqda, bu esa uni dunyoning eng boy futbolchisiga aylantirmoqda. Biroq u yana Evropaga qaytishni istamoqda. Sababi so'nggi vaqtlarda Lavessini milliy termaga chaqirmay qo'yishdi. Yarim himoyachi mundialda o'ynab, milliy termaga yordam berish istagi borligini yashirmayapti. Xitoyda ahmoqona o'tgan ilk mavsumida u gol kiritishni uddalamadi. Navbatdagi mavsumda esa 20 bora raqib darvozasini ishg'ol etdi, shuningdek, 15 golga assistentlik qildi. Yangi chempionatda Lavessi bundan-da ko'proq gol urish istagi borligini malum qildi.



"YANGILAR"

Sedrik Bakambu ("Beyczin Goan")


Bu mavsumda "Paxtakor"ga qaytib kelgan Egor Krimecning sobiq jamoasi "Beyczin Goan" "Vilyarreal"dan aqlbovar qilmas - 90 mln evro evaziga Sedrik Bakambuni xarid qildi. Endi u tarixdagi eng qimmat afrikalik futbolchi. Bungacha bunday narxni xattoki Per-Emerik Obameyyangga ham taklif qilishmagandi. "Vilyarreal"ga Bakambuni sotib olish 40 mln evroga tushgandi. Nima bo'lgan taqdirda ham Xitoy chempionati yaxshi tomonga o'zgarmoqda.



Nikolas Gaytan ("Dalyan Ifan")

"Benfika" ham iqtidorlarni etkazib beradigan maskanlardan biri. Niklas Gaytan ham ana shu erdan chiqqan. Tabiiyki, u o'sha jamoasida qolishga qattiq harakat qildi. Kuchli beshlikning top jamoalaridan yaxshi takliflar bo'ldi va 28 yoshida u erni tark etishga ahd qildi. "Atletiko"da u o'zini ko'rsata olishi mumkindek ko'ringandi. Biroq asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi. Endi Gaytan o'zini Xitoy chempionatida ko'rsatmoqda. U 30ga kirgan, oz bo'lsa-da, Evropada to'p surishga kuchi etadi.



Yannik-Ferreyra Karrasko ("Dalyan Ifan")

Belgiyalik futbolchining jamoasini o'zgartirishi - qishki transferlar oynasining eng qiziq voqeasi bo'ldi. Gaytan bilan solishtiradigan bo'lsak, 24 yoshli futbolchining transfer ishlari tezlashib ketdi. Ha, u asosiy tarkibda muntazam harakat qilmadi, biroq "Atletiko"ning asosiy mexanizmlaridan biri edi. Futbolda shunday: Kecha ECHL finalida "Real"ga gol urib, bugun Xitoyga ketib qolishing ham mumkin. Endi u ham faoliyatini Xitoy chempionatida rivojlantiradi.



Xaver Maskerano ("Xebey CHayna Forchun")

Xaver "Barselona" uchun 8 yilini bahshida qildi. Boshida Kataloniya klubi tarkibida yaxshi o'yin ko'rsata olmagandi, biroq vaqt o'tgan sayin jamoaga ko'nikib bordi va asosiy futbolchiga aylandi. Ha, "Barselona" o'zining qariya futbolchisini qo'yib yuborgandek. Balkim u Xitoyda faoliyatini ham yakunlashi mumkin. Ammo chempionatdagi ilk mavsumida terma jamoadoshi Esekel Lavessi bilan birga o'ynaydi.



Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика