"Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinlar oldidan "Atletiko"ning muhim futbolchisi diskvalifikaciya qilindi

Mirjalol Normatov
29 yanv 2022, 00:12
"Atletiko" hujumchisi Yannik Ferreyra-Karrasko YCHL 6-turi doirasida "Portu"ga qarshi o'yinda olgan qizil kartochkasi uchun jazolandi.

UEFA rasmiy sayti xabariga ko'ra, futbolchi YCHLning 3 o'yinida qatnasha olmaydi. "Matraschilar" 1/8 finalda "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu mavsumda u 29 o'yinda qatnashib, 2 gol va 6 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com