"Vulverxempton" Villian Jozeni "Sosedad"dan xarid qilish huquqi bilan ijaraga oladi
21 jan 2021 11:25
Yangiliklar


"Vulverxempton" Villian Jozeni "Sosedad"dan xarid qilish huquqi bilan ijaraga oladi
"Real Sosedad" forvardi Villian Joze "Vulverxempton"ga o'tishga yaqin.
Angliya klubi 29 yoshli braziliyalik futbolchini xarid qilish huquqi bilan mavsum so'nggiga qadar ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishdi.
Villian kelasi haftagacha "Vulverxempton" ixtiyoriga kelmaydi, sababi u Breksit sabab o'rnatilgan yangi qoidalar sabab Angliyada ishlash uchun ruxsat olmagan.
"Bo'rilar" hujumchini jarohat olgan Raul Ximenesga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.
O'yinchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar