“Vulverxempton” himoyachisi: “Rossiya yoki Ukraina TJdan chaqiruv olishga tayyorman”
10 noy 2020 19:35
Yangiliklar
“Vulverxempton” himoyachisi: “Rossiya yoki Ukraina TJdan chaqiruv olishga tayyorman”
“Bo'rilar” azosi Maks Kilman ota-onasining kelib chiqishini hisobga olib, boshqa davlat terma jamaosida o'ynashga tayyor.
23 yoshli futbolchi Angliyada tavallud topgan.
“Rossiya yoki Ukraina terma jamoalarining eshiklari men uchun ochiq. Yoshligimda bazan Moskvaga borib turardim va ko'p vaqtimni onamning qarindoshlari yashaydigan Kievda ham o'tkazardim. Otamning yaqinlariga kelsak, ularning barchasi Nyu-Yorkka ko'chib ketishgan. Rus tilim u qadar yaxshi emas, ammo hali ham gapira olaman”, deydi Kilman.
Maks APL joriy mavsumida 5 o'yinda qatnashib, bitta golga hammuallif bo'ldi.
Fikrlar