Vohid Xolboev: "Zaxira tor, ko'nglimdagidek emas"
02 may 2018 21:30
Yangiliklar
Vohid Xolboev: "Zaxira tor, ko'nglimdagidek emas"
"Yigitlarning jismoniy jihatdan kuchi etmayapti. Qishki yig'inlarda yaxshi kuch sarflab, ishlaganimiz sababli shogirdlarimning holati yomon darajada emas. Biroq bizda bugungi bahs boshlanguniga qadar qandaydir hadik bor edi. SHukurki futbolchilar o'yindan o'yinga o'zlarini ko'rsatib borishmoqda.
Yoshlarimiz ham yaxshi harakat qilishmoqda. Biroq zaxira kuchli emas. Zaxiradan tushayotgan futbolchilar o'yinni kuchaytirib bera olishmayapti. Ruslan Beklich va Abdug'ani Komilov hali yosh bo'lsa-da, jamoaning bir bo'lagiga aylanib bo'lishdi. Muammo shu, o'zgarishlarda qiynalyapmiz. SHu boisdan ham mavsum boshidan buyon bir xil tarkib bilan o'ynayapmiz.
Jamoa yangi bo'lgani bilan maqsadimiz yuqori. A guruhiga qo'shilib, o'zimizni ko'rsatishni niyat qilyapmiz", - dedi Xolboev.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar