Vohid Xolboev: "Zaxira tor, ko'nglimdagidek emas"

Mirjalol Normatov
2 may 2018, 21:30
O'zbekiston Pro-ligasi 6-turi doirasida "Nurafshon" - "Yozyovon" (2:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mezbon jamoa ustozi Vohid Xolboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yigitlarning jismoniy jihatdan kuchi etmayapti. Qishki yig'inlarda yaxshi kuch sarflab, ishlaganimiz sababli shogirdlarimning holati yomon darajada emas. Biroq bizda bugungi bahs boshlanguniga qadar qandaydir hadik bor edi. Shukurki futbolchilar o'yindan o'yinga o'zlarini ko'rsatib borishmoqda.

Yoshlarimiz ham yaxshi harakat qilishmoqda. Biroq zaxira kuchli emas. Zaxiradan tushayotgan futbolchilar o'yinni kuchaytirib bera olishmayapti. Ruslan Beklich va Abdug'ani Komilov hali yosh bo'lsa-da, jamoaning bir bo'lagiga aylanib bo'lishdi. Muammo shu, o'zgarishlarda qiynalyapmiz. Shu boisdan ham mavsum boshidan buyon bir xil tarkib bilan o'ynayapmiz.

Jamoa yangi bo'lgani bilan maqsadimiz yuqori. A guruhiga qo'shilib, o'zimizni ko'rsatishni niyat qilyapmiz", - dedi Xolboev.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia