Vohid Xolboev: "Nurafshon" futbolchilari kechagi qilgan ishi uchun o'z jazosini olishdi"
21 avg 2018 22:58
Yangiliklar


Vohid Xolboev: "Nurafshon" futbolchilari kechagi qilgan ishi uchun o'z jazosini olishdi"
O'zbekiston Pro-ligasining 22-turi doirasida "Zomin"dan (1:2) uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Nurafshon" bosh murabbiyi Vohid Xolboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Golga tortadigan yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik. 1:0 hisobida yutib turganimizda ikkiga bir vaziyatdan foydalana olmadik. Mag'lubiyatda barcha ayb o'zimizda. "Nurafshon" futbolchilari kechagi qilgan ishi uchun o'z jazosini oldi.
Tanaffusdan so'ng yigitlar ruhiy tomondan o'zlarini yo'qotib qo'yishdi. Raqiblar esa 10 kishi bo'lib ham yaxshi o'ynay olish mumkinligini isbotlashdi. Moliyaviy ahvol? O'sha kunga xabarlardan keyin futbolchilarga bir o'yinning mukofot pulini to'lab berdik. Futbolchilar o'zlariga kelishi kerak edi. Mana o'zgarish! Qilingan mehnatlar samarasini berish o'rniga, ishlar ortga qarab ketmoqda", - dedi Vohid Xolboev.
O’xshash yangiliklar
20:52
Qodirqulov va Abdurasulov "Dinamo"da, "Paxtakor" futbolchisi "Andijon"da va boshqa transferlar 10

Fikrlar