So’nggi yangiliklar

13:12Марказий Осиё. Қозоғистонда кубок ярим финали ўтказилади, "Истиқлол" 3-ўринга кўтарилди, "Аркадағ" эса энг яқин таъқибчисидан 11 очко илгарилаб кетди  0 12:52"Барселона" "Камп Ноу"га қайтадиган кунни эълон қилди  0 12:22Ўзбекистон терма жамоаси футболчилари ўзлари туғилган ҳудудлардаги академияларга ташриф буюришди  1 12:17Расман: Машарипов ўйнаётган "Истиқлол"га янги бош мураббий тайинланди  0 12:06Нега? "Брюгге"нинг 22 ёшли футболчиси МЮга "йўқ" деди  0 11:58Делап "Челси"да омадсиз ҳисобланган 9-рақам ҳақида: "Бундай нарсаларга ишонмайман"  0 10:50“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди  2 10:23“Ливерпуль“ яна тўртта трансферни амалга оширмоқчи  5 09:57“Краснодар“ футболчисига МЮ ва ПСЖ қизиқиш билдирмоқда  2 09:30Неймар “Сантос“ билан янги шартнома имзолади. Унинг янги маоши маълум  1 09:01Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир чорак финалчи аниқланади  2 08:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўртоқлик учрашувида йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  3 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  6 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  3 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  16

"Vodiy futboli": Vodiy klublarining 19-tur o'yinlari boshlanish vaqti malum Yangiliklar

"Vodiy futboli": Vodiy klublarining 19-tur o'yinlari boshlanish vaqti malum

Oliy liganing 19-tur o'yinlari 21 va 22 avgust kunlari bo'lib o'tadi.

"Neftchi": "Metallurg"ga qarshi o'yinning boshlanish vaqtlari malum

Farg'onaning "Neftchi" klubi oliy liganing 19-turida "Metallurg" klubini qabul qiladi. Ertaga jamoalarning yoshlari o'zaro kurash olib borishadi. Bu uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Asosiy jamoalar o'rtasidagi o'yin 22 avgust kuni 18:30ga belgilangan.


"Andijon": "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsi soat 17:00da boshlanadi

Oliy liganing 19-turidan o'rin olgan vodiy derbisi Andijonda bo'lib o'tadi. "Qo'qon-1912"ga qarshi bahs 22 avgust kuni soat 17:00da boshlanadi.

Yoshlar o'rtasidagi uchrashuv ertaga soat 17:00da start oladi.


"Navbahor": Tarbiyalanuvchilarimiz sovrindor bo'lishdi

Samarqand shahrida mamlakatimizning mustaqillik bayramiga bag'ishlab o'tkazilgan “Mustaqillik kubogi” ochiq turniri bo'lib o'tdi. Mazkur musobaqada 2000-2001 va 2004-2005 yillardda tug'ilgan yosh futbolchilardan tashkil topgan jamoalar bosh sovrin uchun bahs olib borishdi. Katta yosh toifasidagi uchrashuvlarda Samarqand, Farg'ona, Olmaliq, Namangan, Toshkent shahri, Qarshi, Jizzax viloyatlari jamoalari ishtirok etishdi. Kichik yoshlilar o'rtasida esa g'oliblik uchun Samarqand, Namangan, Toshkent shahri, Jizzax, Olmaliq viloyati jamoalaridan tashqari Tojikiston hamda Qozog'iston mamlakatidan kelgan jamoalar maydonga tushishdi.

Ko'hna shaharda bo'lib o'tgan musobaqada, “Navbahor” futbol klubiga qarashli “Navbahor-Umid” futbol maktabi uchta jamoa bilan ishtirok etdi. Murabbiylar Rahim G'ofurov, Azam Rajabbaev, Muhammad Nuriddinov va Rifat Odilovlar boshchiligidagi uchta jamoamiz musobaqada sovrindor bo'lishdi. 2004-2005 yillarda tug'ilgan bolalardan tashkil topgan birinchi jamoa vakillari finalda tojikistonlik tengqurlari bilan kuch sinashib, 4:1 hisobida g'alaba qozonib bosh sovringa ega chiqishdi. Ushbu yosh toifasida turnirda qatnashgan ikkinchi jamoamiz esa faxrli uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

2000-2001 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida kechgan uchrashuvlarda ham tarbiyalanuvchilarimiz finalga qadar etib kelishdi. Hal qiluvchi o'yinda Samarqand viloyati jamoasi bilan bahs olib borgan futbolchilarimiz yakunda mezbonlarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. SHu sababli, bu yoshdagi tarbiyalanuvchilarimiz musobaqaning kumush medallariga sazovor bo'lishdi. Turnir yakunida g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan futbolchilarga musobaqa medallari va diplomlari tantanali tarzda topshirildi. SHuningdek, turli nominaciyalarda g'olib deb topilgan futbolchilarga ham maxsus sovg'alar taqdim etildi.


"Qo'qon-1912": Quvondiq Ro'ziev Slovakiyaga boradi

Kelasi yilning yanvar oyida Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 28 avgustdan 9 sentyabrga qadar Slovakiyada bo'lib o'tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi.

Viktor Jalilov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi 27 avgust kuni Toshkentda yig'iladi va 28 avgustda Slovakiyaga uchib ketadi. Ushbu turnirda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Slovakiya, Saudiya Arabistoni, Iordaniya hamda Birlashgan Arab Amirliklari olimpiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

O'zbekiston U-23 murabbiylar shtabi ushbu musobaqaga boradigan futbolchilar ro'yxatini malum qildi.

Ushbu ro'yxatdan “Qo'qon-1912” jamoasi o'yinchisi Quvondiq Ro'ziev ham joy olgan. So'nggi o'yinlarni yuqori saviyada o'tkazayotgan futbolchimizga olimpiya terma jamoasida ham omad tilab qolamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика