So’nggi yangiliklar

19:05ЛаЛига. "Барселона" - "Реал" 0:1 (матнли трансляция)  42 19:00Суперлига. "Машъал" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  0 18:46"Барса"га Гримальдо ва Бастони қизиқми?  0 18:13"Капаз" — "Сумқайит". Таркиблар маълум  0 18:08РПЛ. "Акрон" бешта гол урилган ўйинда "Ахмат"ни мағлуб этди, Эсанов эса...  3 18:00АПЛ. "Ньюкасл" ўз уйида "Челси"ни ишончли ҳисобда мағлуб этиб, учинчи ўринга чиқиб олди, "аристократлар" биринчи бўлимда ўн киши бўлиб қолишди  8 17:40"Байер" — "Боруссия Дортмунд". Таркиблар маълум  0 17:28"Машъал" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  1 17:11"Тоттенхэм", "Ноттингем Форест" ва МЮ иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  0 17:05"Сивасспор" — "Бодрумспор". Таркиблар маълум  0 16:30"Реал" янги дарвозабон сотиб олмоқчи. Номзодлар маълум  9 15:58Куртуа "Реал" билан шартномасини узайтиришга яқин  1 15:31Бруну Фернандешнинг вакиллари Саудия Арабистони клуби билан музокараларни бошлади  3 15:00"Пахтакор" футболчилари Эл Классикода қандай ҳисоб қайд этилишини тахмин қилди, Сергеевдан антиқа жавоб  14 14:41Носир Абдусаломов: "Қаршига қуруқ қўл билан қайтиб кетиш учун бормаган эдик"  1

"Vodiy futboli". "Neftchi"ning yangi madhiyasi va boshqa xabarlar Yangiliklar

"Vodiy futboli". "Neftchi"ning yangi madhiyasi va boshqa xabarlar

Vodiyning to'rtta klubi oliy liganing 8-turiga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda.
"Andijon" "Loko"ga qarshi tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirmoqda

Xabaringiz bor, chempionatning 8-tur uchrashuvini “Andijon” jamoasi Toshkentda “Lokomotiv”ga qarshi o'tkazadi. Mazkur o'yinga andijonliklar tayyorgarlikni 4 maydan boshladilar.

6 may kuni kechki mashg'ulotdan keyin bosh murabbiy Edgar Gess futbolchilarga bir kunlik dam berdi. Jamoamiz ertaga Toshkentga yig'ilib tayyorgarlikni poytaxtda davom ettiradi.

“Lokomotiv”ga qarshi bahsda “Andijon” ayrim yo'qotishlarga duch kelganini ham aytib o'tish kerak. Rahim Qodirov va Rasul Rahmonov jarohat tufayli maydonga tusha olishmaydi. SHuningdek, jamoaning asosiy himoyachisi Davron Tursunov esa sariq kartochkalari soni 4 taga etgani bois o'yinni o'tkazib yuboradi. SHunga qaramay, jamoa "temiryo'lchilar"ga qarshi bahsga katta ishtiyoq bilan xozirlik ko'rmoqda.



"Navbahor": Kechagi mashg'ulotlarni Ashurmatovning o'zi olib bordi

Namanganning "Navbahor" klubi navbatdagi turda "Nasaf"ni qabul qiladi. 10 maydagi o'yinga "lochinlar" jiddiy tarzda hozirlik ko'rishmoqda. Futbolchilar o'yinning muhimligini tushunib turishibdi, masuliyatni his qilib mashg'ulotlarda ishlashmoqda.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 5 may kuni Toshkentda Qirg'izistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. O'sha o'yindan keyin Baxtiyor Ashurmatov Namanganga qaytdi va kechagi mashg'ulotlarni o'zi olib bordi.

Jarohati bor bo'lgan Rahmatullo Berdimurodovdan tashqari qolgan barcha futbolchilar mashg'ulotlarda ishtirok etishdi. Jamoa kecha ertalab trenajer zalida, kechki payt esa "Markaziy" stadionda shug'ullandi.



"Neftchi": "Dinamo"ga qarshi o'yinda yangi madhiya yangraydi

Farg'onaning "Neftchi" klubi "Dinamo"ga qarshi tayyorgarlikni o'z qarorgohida davom ettirmoqda. Jamoa kecha Qirgulidagi bazada mashg'ulotlar o'tkazdi. Faqatgina O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga chaqiruv olgan futbolchilar mashg'ulotlarda qatnashishmadi. Ular bugungi mashg'luotda ishtirok etishadi.

"Dinamo"ga qarshi o'yinga futbolchilar bilan bir qatorda jamoa muxlislari ham jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. Samarqand klubiga qarshi bahsda "Neftchi"ga atalgan yangi madhiya birinchi bor jarang sochadi.

Malumot uchun, "Istiqlol" stadionida o'yin 9 may kuni soat 17:30da boshlanadi. CHiptalar stadion kassalarida sotilmoqda.



"Qo'qon-1912": Jamoa Navoiyga Toshkent orqali boradi

Rustam Abdullaev boshchiligidagi "Qo'qon-1912" oliy liganing 8-turini Navoiyda "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi.

Jamoa bugun tushdan so'ng Toshkentga qarab yo'lga chiqadi. Kech soat 21:10da "Qo'qon-1912" delegaciyasi Toshkent-Navoiy yo'nalishidagi poezdda Navoiy viloyatiga jo'nab ketadi. Ertaga qo'qonliklar "Yoshlar" stadionida o'yinoldi mashg'ulotlarini o'tkazishadi.

Tarkibda hech qanday yo'qotishlar yo'q. Barcha futbolchilar sog'-salomat. O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga jalb etilgan uch nafar futbolchi (Quvondiq Ro'ziev, Doniyor Usmonov va Xurshid Muxtorov) kecha jamoa ixtiyoriga etib borishgan edi.

"Qizilqum" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi 9 may kuni Navoiy shahridagi "Yoshlar" sport markazida bo'lib o'tadi.


"Vodiy futboli" klublar matbuot xizmati yordamida har kuni berib boriladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика