So’nggi yangiliklar

18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  1 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  2 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  11 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  2 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  6

Nosir Abdusalomov: "Qarshiga quruq qo'l bilan qaytib ketish uchun bormagan edik" Yangiliklar

Nosir Abdusalomov: "Qarshiga quruq qo'l bilan qaytib ketish uchun bormagan edik"

Superliganing 9-turida "Bunyodkor" Qarshida "Nasaf" bilan kuch sinashdi.

Murosasiz va qiziqarli o'tgan o'yinda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi. Mazkur uchrashuvda "Bunyodkor" safida yana bir "qaldirg'och" Nosir Abdusalomov debyut qildi. Jamoa raqibiga engilayotgan vaqtda Ilyos Zeytullaev 21 yoshli futbolchini maydonga tashladi va u hisobni tenglashtirgan golga mualliflik qildi. O'yindan so'ng u debyuti borasidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Nasaf" bilan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. Qarshiga shunchaki quruq qo'l bilan qaytib ketish uchun kelmagan edik. Xudoga shukur, buni amalda isbotladik. Debyut o'yinda bosim bo'ladi albatta. Hayajonni engib o'tishga harakat qildim, murabbiylar ishonchi yordam berdi. Bu hayotimdagi unutilmas kunlardan biri bo'ldi. 

Murabbiyimiz ko'proq hujumga o'tishni, mening vaqtim kelganini aytdi. Bu so'z menga yanada kuch berdi. Shu o'rinda menga ishonib qo'llab-quvvatlaganlari uchun Ilyos Bekirovichga minnatdorchilik bildiraman",- deydi Nosir Abdusalomov. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика