So’nggi yangiliklar

23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  2 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  10 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  21 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   16

"Vodiy futboli": Bugun 15-tur o'yinlari bo'lib o'tadi Yangiliklar

"Vodiy futboli": Bugun 15-tur o'yinlari bo'lib o'tadi

Bugun vodiy klublari 15-tur o'yinlarini o'tkazishadi.
"Navbahor": "Lokomotiv"ga qarshi 21-o'yin

Bugun Namanganning "Navbahor" klubi Toshkentda "Lokomotiv" klubi mehmoni bo'ladi. “Navbahor” hamda “Lokomotiv” oliy ligada jami 20 bora to'qnash kelishgan. “Lokomotiv” 9 marta, “lochinlar” 7 marta g'olib chiqqan, 4ta bahsda durang natijasi qayd etilgan.

Oxirgi uch yilda “Navbahor” safarda bu raqibga faqat mag'lub bo'lgan va umuman gol ura olmagan.

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Navbahor" uchrashuvi soat 19:30da Toshkentdagi TTYMI stadionida boshlanadi.


"Neftchi": Bugun Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'lamiz

“Qizilqum” va “Neftchi” oliy ligada 30 marta o'zaro o'ynashgan. Natijalar “Neftchi”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Farg'onaliklar 18ta o'yinda g'olib bo'lishgan, “Qizilqum” 8 marta vodiy klubini taslim qilgan. 4ta o'yinda durang qayd etilgan.

Farg'ona klubi 9 bor safardan g'alaba bilan qaytgan. Oxirgi olti o'yinda “Qizilqum” o'z uyida faqat g'alaba qozongan.

Malumot uchun, "Qizilqum" - "Neftchi" bahsi soat 19:30da Navoiydagi "Yoshlar" sport markazida boshlanadi.


"Qo'qon-1912": "Bunyodkor"ga qarshi dastlabki o'yin

“Qo'qon-1912” va “Bunyodkor” klublari hozirga qadar oliy ligada umuman to'qnash kelishmagan. Sababi Vodiy klubi oliy ligada so'nggi bor 2003 yil o'ynagan. “Bunyodkor” esa 2007 yildan boshlab elitada ishtirok etib kelmoqda.

"Qo'qon-1912" hamda "Bunyodkor" o'rtasidagi o'yin soat 18:00da Qo'qon shahridagi "Markaziy" stadionida boshlanadi.


"Andijon": Amaldagi mamlakat chempioniga qarshi bahs

“Andijon” va “Paxtakor” oliy ligada jami 42 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Paxtakor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Toshkentliklar 31ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 8ta o'yinda durang qayd etilgan.

Andijonda bu jamoalar o'rtasida bo'lib o'tgan 21ta bahsning uchtasida “burgutlar” g'alaba qozonishgan. Beshta bahsda g'olib aniqlanmagan. 13 uchrashuv “sherlar”ning muvaffaqiyati bilan tugagan.   

Eslatib o'tamiz, "Andijon" va "Paxtakor" o'rtasidagi uchrashuv "Sog'lom Avlod" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs soat 18:30da start oladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика